Datchiklar va ularning xarakteristikasi reja


Download 3.31 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi3.31 Kb.
#1572666
Bog'liq
Datchiklar va ularning xarakteristikasi-fayllar.org


Datchiklar va ularning xarakteristikasi

DATCHIKLAR VA ULARNING XARAKTERISTIKASI

Reja:




  • Datchiklar haqida umumiy ma’lumotlar.

  • Datchiklarni turlari.

  • Datchiklarningasosiyko’rsatkichlari.


  • Har hil texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ularning ko’rsatkichlari haqida ma’lumot olish zarur hisoblanadi. Bu maqsadda birlamchi o’zgartirgichlar (yoki datchiklar) keng qo’llaniladi.

  • Datchik deb nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni kerakli yoki avtomatika tizimining keyingi elementlarida qo’llash uchun qulay qiymatga o’zgartiradigan vositaga aytiladi.

  • Datchiklarning aniq va ishonchli ishi, butun tizim ishini tegishli asosiy ko'rsatkichlarini belgilab beradi. Datchiklar yuqori ta'sirchanlik (sezgirlik) va aniqlikka, uzoq xizmat muddati va ishda beshikastlikka, kichik o'lcham va og'irlikka, hamda past narxga ega bo'lishlari kerak.

Shartli ravishda, datchiklarni qabul qiluvchi, oraliq va ijrochi qismlardan iborat deb hisoblash mumkin. Qabul qiluvchi qismi, kirish x miqdorini o'zgarishiga ta'sirlanib, uni qandaydir oraliq miqdorga o'zgartiradi. Bu miqdor, shunga o'xshash fizikaviy miqdorning etalon (namuna) qiymati bilan taqqoslanadi


So'ngra esa, bu datchikni ijrochi qismiga tasir etib, chiqish y signalini shakllantiradi. Kirish x miqdorini fizikaviy tarkibiga qarab–elektr, issiqlik, mexanik, optik, akustik, suyuqlik va gaz datchiklarini ajratishadi. Elektr datchiklar–tok, kuchlanish, quvvat, chastota, magnit oqimni; issiqlik datchiklar–harorat va issiqlik miqdorini; mexanik datchiklar–kuch, bosim, siljish, tezlik, tezlanish; optik datchiklar–nur kuchi, yoritilishni; akustik datchiklar–tovush kuchi, uni chastotasi, quvvatini; suyuqlik va gaz datchiklari-bosim va tezlikni o'lchashadi.
Oraliq o'zgartirgichga ega datchiklar.Bu datchiklar bir nechta bevosita o'zgartiradigan va ketma-ket ishlaydigan datchiklardan tashkil etilgan. Bundagi bitta datchikni chiqish kattaligi kelgusi datchikni kirish miqdori bo'lib xizmat qiladi.
Mexanik o’zgartirgichlar mexanik kirish ko’rsatkichlarni (bosim, kuch, tezlik, sarf va x.k.) mexanik chiqish ko’rsatkichlarga ( aylanish chastotasi, bosim va x.k.) o’zgartirib berish bilan xarakterlanadi. Bunday o’zgartirgichlarning sezgirlik elementi sifatida elastik elementlar (membrana, prujini, balka kabilar) poplavoklar, krilchatkalar va drosselli qurilmalar ishlatiladi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
http://fayllar.org
Download 3.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling