Davlat aktivlariga EGA boʻlgan tijorat banklarida hukumatdan olingan mablagʻlar ulushi hali ham yuqori hisoblanadi
Download 0.78 Mb.
|
Davlat aktivlar-WPS Office
Davlat aktivlariga ega boʻlgan tijorat banklarida hukumatdan olingan mablagʻlar ulushi hali ham yuqori hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimi yuqori konsentratsiya mavjudligi bilan ajralib turadi: barcha bank aktivlarining 84 foizi hanuzgacha davlat ulushi mavjud banklarga tegishli, 64 foizi esa 5 ta yirik banklarga (Milliy bank, Asaka bank, Oʻzsanoatqurilishbank, Ipoteka bank va Agro bank) tegishli. Davlat ulushi mavjud banklar depozitlarining kreditlariga nisbati 32,9 foizni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, xususiy banklarda bu koʻrsatkich qariyb 96 foizni tashkil etadi. Jismoniy shaxslar depozitlari bank tizimidagi jami depozitlarning atigi 24 foizini tashkil etadi, bu YAIMning taxminan 5 foizini tashkil etadi. Bugungi kunda aholi jamgʻarmalarini bank-moliya tizimiga jalb qilish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston moliya tizimining asosiy koʻrsatkichlari 2018-2020-yillarda kredit tashkilotlari soni 55 taga etdi, shu jumladan 4 ta tijorat banklari (Poytaxt bank, Tenge bank, Tenge Bank, TBC Bank, Anor Bank), 33 ta mikrokredit tashkilotlari va 18 ta lombardlar. 2021-yil 1-yanvar holatiga koʻra, tijorat banklari aktivlari 366,1 trln. soʻmga yetdi va 2017-yilga nisbatan 120 foizga oʻsdi. Ushbu davrda oʻrtacha yillik real oʻsish (devalvatsiyani hisobga olmagan holda) 24,1 foizni tashkil etdi. Valyuta siyosatining liberallashtirilishi natijasida bank sektorida dollarlashuv darajasi sezilarli darajada pasaydi. Xususan, 2017-yilda banklarning xorijiy valyutadagi aktivlarining jami aktivlaridagi ulushi 64 foizni tashkil etgan boʻlsa, 2020-yilda ushbu koʻrsatkich 50,2 foizgacha kamaydi. Shuningdek, ushbu davrda xorijiy valyutadagi kreditlar ulushi 62,3 foizdan 49,9 foizgacha, xorijiy valyutadagi depozitlar ulushi esa 48,4 foizdan 43,1 foizgacha kamaydi. Kreditlar real oʻsishi yiliga oʻrtacha 38,6 foizni tashkil etdi. 2021-yil 1-yanvar holatiga iqtisodiyotga berilgan kreditlar umumiy hajmi 277 trln. soʻmni tashkil etdi va 2017-yilga nisbatan 150 foizga oshdi. Mazkur davrda depozitlarning oʻrtcha yillik real oʻsish surʼati 18,5 foizni tashkil etdi.
2017-yil sentyabr oyida valyuta siyosatining liberallashtirilishi va milliy valyutaning erkin harakati natijasida soʻnggi 4 yil ichida bank sektori rivojlanishida sezilarli oʻzgarishlar yuz berdi. 2019-yil fevral oyida Oʻzbekiston tarixida birinchi marta hukumat tomonidan 1 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi suveren yevrobondlari muvaffaqiyatli joylashtirilgandan soʻng, bir nechta tijorat banklari uzoq muddatli kapital jalb qilish maqsadida xalqaro kapital bozoriga kirishdi. Xususan, 2019-yil noyabr oyida Oʻzsanoatqurilishbank london fond birjasida 300 mln. yevrobondlarini chiqarib tijorat banklari orasida birinchi qadamni tashladi. 2020-yil oktyabr oyida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki London fond birjasidan 300 mln. dollar mablagʻ jalb qildi. Noyabr oyida esa Ipoteka bank ham 300 mln dollar miqdorida yevrobondlarini joylashtirdi va xalqaro kapital bozori ishtirokchisiga aylandi. Shuningdek, soʻnggi yillarda moliya sektorining investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar xorijiy investorlarning bank sohasiga boʻlgan qiziqishlarini oshirishga yordam berdi: 2018-yilda Shveysariyaning ResponsAbility Investments kompaniyasi tomonidan boshqariladigan va rivojlanish investitsiyalariga ixtisoslashgan aksiyadorlik jamiyati IFCdan Hamkorbank aksiyalarining 7,66 foizini sotib oldi. 2019-yilda Qozogʻiston Halyk Bank Toshkentda Tenge bank filialini tashkil etdi. 2019-yil aprel oyida Payme kompaniyasini sotib olgan TBC Bank (Gruziya) bir yildan soʻng Oʻzbekistondagi birinchi raqamli bank sifatida oʻzining Toshkent filialini ochdi. V 2020 godu Nemeskiy institut finansovogo razvitiya (Deutsche Investitions- und Entwicklungsgesellschaft mbH, DEG) i Triodos Investment Management investirovali v ustavnыy kapital banka “Ipak yuli” putem pokupki novыx vыpuщyennыx aksiy na summu 25 mln dollarov. 2020-yilda Germaniyaning moliyaviy rivojlanish instituti (Deutsche Investitions- und Entwicklungsgesellschaft mbH, DEG) va Triodos Investment Management “Ipak yoʻli” bankining 25 mln dollar miqdorida yangi chiqarilgan aksiyalarini sotib olish orqali bank ustav kapitaliga sarmoya kiritdi. Banklar aktivlari 2020-yil yakunlari boʻyicha tijorat banklari aktivlari hajmi 366,1 trln. soʻmni tashkil etdi, shundan 277 trln. soʻm miqdori – kreditlar ulushiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, aktivlar nominal oʻsish surʼati 2019-yilga nisbatan 34,2 foizni, real oʻsish surʼati (devalvatsiyani hisobga olmagan holda) esa 28 foizni tashkil etdi. Shunisi eʼtiborliki, banklarning jami aktivlari tarkibida valyuta aktivlarining ulushi asta-sekin kamayib bormoqda. Agar 2017-yilda bu koʻrsatkich 64 foizni tashkil etgan boʻlsa, 2020-yilda 50,2 foizga tushdi. Bank kreditlari 2021-yil 1-yanvar holatiga koʻra, iqtisodiyotga berilgan qoldigʻi 277 trln. soʻmni tashkil etdi, bu 2019-yilga nisbatan 30,9 foizga va 2017-yilga nisbatan 150 foizga koʻproqdir. Xorijiy valyutadagi kreditlarni qayta baholashlarsiz kreditlarning real oʻsishi 24,9 foizni tashkil etdi. Jami kredit portfelidagi xorijiy valyutadagi kreditlarning ulushi 2017-yildagi 62,3 foizdan 49,9 foizgacha kamaydi. 2021-yil 1-yanvar holatiga jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar qoldigʻi 2017-yilga nisbatan 304 foizga (13,6 trln. soʻmdan 54,9 trln. soʻmga), sanoatga berilgan kreditlar hajmi esa 126 foizga (45,2 trln. soʻmdan 102,2 trln soʻmga), savdo va xizmat koʻrsatish sohalaridagi kreditlar hajmi 280 foizga (5,2 trln. soʻmdan 19,9 trln. soʻmga) oshdi. 2021-yil 1-yanvar holatiga jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar qoldigʻi 2017-yilga nisbatan 304 foizga (13,6 trln. soʻmdan 54,9 trln. soʻmga), sanoatga berilgan kreditlar hajmi esa 126 foizga (45,2 trln. soʻmdan 102,2 trln soʻmga), savdo va xizmat koʻrsatish sohalaridagi kreditlar hajmi 280 foizga (5,2 trln. soʻmdan 19,9 trln. soʻmga) oshdi.
2021-yil 1-yanvar holatiga koʻra, bank tizimidagi depozitlarning umumiy hajmi 114,7 trln. soʻmni tashkil etdi, shundan 27,4 trln. soʻm (24 foiz) – jismoniy shaxslar depozitlari, 87,3 trln. soʻm (76 foiz) – yuridik shaxslarning depozitlari. Jismoniy shaxslarning depozitlari ulushi bank tizimidagi jami depozitlar hajmining atigi 24 foizini tashkil etadi. Biroq, soʻnggi yillarda aholi depozitlarining oʻsish surʼatilari sezilarli darajada tezlashdi. Xususan, milliy valyutadagi aholi omonatlarining oʻsish surʼati 2018-yilda 38,2 foizni, 2019-yilda 45,2 foizni, 2020-yilda 31,7 foizni tashkil etdi. Xorijiy valyutadagi depozitlar hajmi 2018-yilda 2 foizga, 2019-yilda 40,1 foizga, 2020-yilda 27,7 foizga oʻsdi.
Bank tizimi samaradorligini va banklarning moliyaviy barqarorligini oshirish, shuningdek bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda bank tizimida davlat ulushini kamaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish Strategiyasi toʻgʻrisida” Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonga muvofiq, Ipoteka bank, Oʻzsanoatqurilishbank, Asakabank, Aloqa bank, Qishloq Qurilish bank va Turon bankni xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. 2020-yilda strategiyani amalga oshirish doirasida Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) Ipoteka bankka bankni xususiylashtirishni qoʻllab-quvvatlash va kichik va oʻrta biznesga kreditlarni koʻpaytirish uchun oʻzbek soʻmida 35 mln. AQSH dollari miqdorida kredit ajratdi. Bundan tashqari, “Oʻzsanoatqurilishbank” transformatsiya dasturini amalga oshirishni boshladi. Bank oʻzining biznes modelini tijoratlashtirish va korporativ boshqaruvni isloh qilish boʻyicha birinchi qadamlarni qoʻydi. Shu bilan birga, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ERDB) bankka xususiylashtirish, gʻaznachilik operatsiyalarini takomillashtirish, aktivlar va passivlarni boshqarish boʻyicha koʻmak va maslahatlar beradi. Xususan, 2020-yilda “Oʻzsanoatqurilishbank” va ERDB oʻrtasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar, eksportyorlar, kichik va oʻrta biznesni moliyalashtirish uchun 40 mln. dollar miqdorida kredit liniyasini jalb qilish toʻgʻrisida kredit shartnomasi imzolandi. Bank anderayting joriy etdi va bu kreditlash operatsiyalarini xodimning ishtirokisiz amalga oshirishga imkon beradi. Pandemiya Oʻtgan yilning boshida paydo boʻlgan koronavirus pandemiyasi hozirgi globallashuv faktini tasdiqladi – bu dunyodagi biror bir davlat ham chetda bir oʻzi yolgʻiz qolmaganidan dalolat beradi. Dunyo boʻylab regulyatorlar oʻzlarining moliyaviy tizimlarining barqarorligini taʼminlashda katta muammolarga duch kelishdi va natijada inqiroz davrida misli koʻrilmagan javob berishdi. Koronavirus inqirozi bank-moliya tizimiga innovatsion texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish, bankdan tashqari moliyalashtirish manbalarini kengaytirish, aholi orasida moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtojlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning yana-da shaffof mexanizmlarini ishlab chiqish zarurligini koʻrsatdi. Xulosa qilib aytish kerakki, pandemiya onlayn buyurtma berish va yuk tashishi sanoatida keskin oʻsishiga olib keldi. Ushbu sohaning oʻsish dinamikasi karantin cheklovlari bekor qilingandan keyingi davrda ham davom etishi kerak. Shuning uchun naqd pulsiz masofaviy toʻlovlarni jadal ommalashtirish, elektron pul va pul oʻtkazmalari tizimining rivojlantirish talab etiladi. Bu oʻz navbatida, tijorat banklarini raqamlashtirishga yoʻnaltirish, mijozlarga xizmat koʻrsatish algoritmlarini qayta tuzish va mijozlar bilan munosabatlarni oʻrnatish jarayonlarini chuqurroq qayta koʻrib chiqish jarayonini ragʻbatlantiradi. Albatta, pandemiya va Oʻzbekistonda joriy qilingan lokdaun masofaviy bank xizmatlarini jadal rivojlanishiga yordam berdi. Xususan 2021-yil 1-yanvar holatiga masofaviy xizmatlardan foydalanuvchilar soni 14,5 mln kishini tashkil etdi (shundan 13,7 mln kishi jismoniy shaxslar, 822 ming kishi tadbirkorlik subyektlari) bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 30 foizga koʻproqdir Markaziy bank tomonidan raqamli banklar va fiiallarning ishlashiga litsenziya berilishi ham bank-moliya tizimini yana-da raqamlashtirishga turtki boʻldi va mijoz va bank oʻrtasidagi munosabatlarda zamonaviy yondashuvlarni vujudga kelishiga sabab boʻladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling