Davlat boshqaruvi organlari va jamoat birlashmalari o‘rtasidagi munosabatlar
Download 48.39 Kb.
|
MH PK№1
1.Ma’muriy huquq fani predmetiga davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan quyidagi ijtimoiy munosabatlar guruhi kiradi: tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga bo‘ysunadigan davlat boshqaruvi organlari o‘rtasidagi munosabatlar (masalan, vazirlik va davlat qo‘mitalarining ularga bo‘ysungan boshqarma va bo‘limlari o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar); bir-biriga bo‘ysunmaydigan davlat boshqaruvi organlari o‘rtasidagi munosabatlar (masalan, ikki vazirlik, vazirlik va davlat qo‘mitasi o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar); davlat boshqaruvi organlari va ularga bo‘ysunadigan korxona, muassasa va tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar; davlat boshqaruvi organlari va jamoat birlashmalari o‘rtasidagi munosabatlar; davlat boshqaruvi organlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar. 2) O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 44-moddasiga ko’ra , fuqarolar davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat kilish huquqiga egadir. Ma'muriy huquq esa, mana shu shikoyatlarning qaysi organga tegishliligini, shikoyatni korib chiqish muddati va tartibini belgilab beradi. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrda qabul qilingan “Fuqarolarning murojaatlari togrisida”gi qonunning 3-moddasiga binoan “Ozbekiston Respublikasi fuqarolari davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega”. Mazkur normada korsatib otilgan huquq bevosita fuqaroning erkiga bog’liq bo’lib, uning xohish-irodasi bilan amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qoidalari mazkur Kodeksga kiritilmagan qonun hujjatlarida sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarga ham taalluqlidir. (Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeks 1-modda) 3) Mening fikrimcha, ushbu munosabat bevosita ma’muriy huquqqa bogʻliq.Chunki, Xo`jalik yurituvchi subyekt aybdor mansabdor shaxsning noqonuniy aralashuvi natijasidagi yetkazilgan zararni, boy berilgan foydani, shuningdek, ma'naviy zararni qoplashni sud orqali talab qilishga haqli. Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining noqonuniy qarorlari yoki boshqa harakatlari natijasida xo`jalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda, qonun hujjatlarida begilangan tartibda qoplanadi. 4) Yozma buyruq, ko`rsatma - huquq normaida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatni amalga oshirish, ya'ni boshqacha emas, balki aynan shunday harakat qilish uchun to`g`ridan-to`g`ri yuridik majburiyatni zimmaga yuklash. Man etish, taqiqlash - amalda bu ham ko`rsatma, ammo u teskari, ya'ni huquq normaida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatlarni amalga oshirmaslik bo`yicha yuridik majburiyatni zimmaga yuklashdir. Ruxsat berish - huquq normaida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatlarni o`z xohishi bo`yicha amalga oshirish uchun yuridik ruxsat berilishidir. 5) Ma'muriy huquq subyekti bu huquqiy munosabatlarda ishtirok eta oladigan hamda subyektiv huquqlar va majburiyatlarga ega bo`lgan shaxslardir. Huquq subyektlari huquqiy munosabatlarga kirishganida, huquqiy munosabat subyektiga aylanishi mumkin. Lekin huquqiy munosabatda ishtirok etayotgan huquq subyektlari o`zlarining oldingi holatini yo`qotmaydi. Huquq subyektlari bir vaqtning o`zida bir necha huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari sifatida namoyon bo`lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan olganda, huquq subyekti huquqiy munosabat subyektiga qaraganda kengroq tushunchadir. Ma'muriy huquq subyektlari ikkiga bo`linadi: individual subyektlar va jamoa subyektlar. Individul subyektlar – bu fuqarolar, xorijiy davlatning fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar, shuningdek, davlat xizmatchilaridir. Jamoa subyektlariga – turli ko`rinishdagi davlat va nodavlat tashkilotlari kiradi. Birinchi guruhga - ijro hokimiyati organlari, davlat korxonalari va muassasalari hamda ularning birlashmalari (masalan, korporatsiya, konsern ), ijro hokimiyati organlarining ma'lum bir vakolatga ega bo`lgan tuzilmaviy bo`linmalari (masalan, departamentlar) kiradi. Ikkinchi guruhga esa, jamoat birlashmalari (partiyalar, kasaba uyushmalari, ommaviy harakatlar), xususiy korxona va tashkilotlar hamda boshqa tijorat va notijorat tuzilmalari kiradi. Ma'muriy huquq layoqati va muomala layoqati – subyektlar ma'muriy huquqiy holatining asosini tashkil etadi. Ma'muriy huquq layoqati – bu subyekt tomonidan u uchun o`rnatilgan huquqlar, erkinliklardan foydalanish, shuningdek, majburiyatlarni bajarish, vakolatlarni amalga oshirish qobiliyatidir. Ma'muriy huquq subyektining ma'muriy huquq layoqati uning ma'muriy huquqiy holatini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Fuqarolarning ma'muriy huquq layoqati inson tug'ilishi bilan vujudga keladi va tugʻilgandanoq qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo'lishni anglatadi. Huquq layoqati inson shaxsi bilan bevosita bogʻliq boʻlib, uni chcklash yoki undan mahrum etish mumkin emas. Amaldagi qonunchilikka binoan ma'muriy huquq layoqati qonunda belgilangan tartibda faqatgina sud tomonidan cheklanishi mumkin. Fuqarolarning ma'muriy huquq layoqati uning vafot etishi bilan bekor boʻlishi mumkin. Jismoniy yoki yuridik shaxsning muomala layoqati – bu ularning o`z qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) bilan huquqlarga ega bo`lishi va amalga oshirishi, o`zlariga va boshqa shaxslarga majburiyatlarni vujudga keltirishi, ularni bajarishi hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlash qobiliyatiga ega bo`lishidir. 6) O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSI 3-moddasiga ko’ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik va ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi. 1) qonunning ustunligi va hamma uchun majburiyligi prinsipi. Bu prinsipga asosan O`zbekiston Respublikasining barcha qonunlari va boshqa huquqiy normalari muqaddas bo`lib, ularga barchaning amal qilishi lozim. Bu prinsip asosiy qonunimiz bo`lgan – Konstitutsiyaning 15-moddasida o`z ifodasini topgan. Unga binoan O`zbekiston Respublikasida O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so`zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko`radilar. 2) qonuniylikning yagonaligi prinsipi. Bu prinsip O`zbekiston Respublikasi hududida qonunlar bir xilda qo`llanilishini, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini anglatadi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasiga binoan O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar. 3)Hokimiyatlar bo’lisnish prinsipi . Давлат бошқарувининг самарали амалга оширилиши учун, албатта, давлат органларининг ҳокимият- ваколатлари қонуний тартибда аник кўрсатиб ўтилган бўлиши лозим. Мазкур принцип - ҳар бир давлат органининг қандай фаолият билан шуғулланишини, қандай ваколатларга эга эканлигини, яъни давлат органлари фаолиятининг доирасини белгилаб беради 4) Шахснинг эркинлиги, унинг ҳуқуқ ва манфаатлари устуворлиги принципи. Бошқарув давлат сиёсатини амалга оширишнинг асосий восита сифатида, биринчи навбатда шахс ва унинг манфаатлари устунлигини инобатга олиши лозим. Айнан давлат бошқарувини амалга ошириш орқали шахсларнинг хуқуқлари ва эркинликлари амалга оширилади, уларнинг муҳофазаси таъминланади. 5) Ошкоралик принципи. Давлат бошқаруви соҳасида инсонларнинг ҳуқуқлари ва қонуний манфаатлари билан боғлиқ бўлган ҳар қандай қонун ҳужжати, оммага эълон қилинмасдан туриб татбиқ этилиши мумкин эмас. Давлат бошқарувининг самарали амалга оширилишида – давлат органларининг фаолияти, қабул қилинаётган қонун ҳужжатларига нисбатан фуқаролар (жамоат бирлашмалари) билдирган фикрларни инобатга олиш ҳам катта аҳамиятга эгадир. 6) Функция ва ваколатларни тақсиилаш принципи Мазкур принцип орқали давлат бошқарув органлари ўртасида ваколатлар ҳамда функциялар тақсимланади. Ҳар бир давлат органи, шу жумладан давлат бошқаруви органлари ўзларининг олдида турган мақсад ва вазифаларни амалга ошириш учун, ўзининг қуйи тузилмаси ўртасида ваколатларни тақсимлаши лозим. 7) Javobgarlik prinsipi. Амалдаги қонунчиликда давлат органларининг, унинг мансабдор шахсларининг ва фуқароларнинг қонунчилик талабларига риоя этилишини таъминлаш мақсадида, мажбурлов чоралари ҳам ўрнатилади. Бу нафақат давлатнинг, балки жамиятнинг қам, алоҳида шахсларнинг ҳам ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилади. 8) Davlat xizmati - davlatga xizmat qilish, yaʼni uning talabi bilan maʼlum bir pul mukofoti evaziga davlat organida davlat oldida turgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish boʻyicha boʻladigan faoliyatdir. Davlat xizmati - bu davlat xizmatining uchta asosiy turini birlashtirgan yagona tizim: 1) davlat xizmati, 2) harbiy xizmat, 3) huquqni muhofaza qilish xizmati, Davlat xizmatchisi - bu davlat-hokimiyat vakolati doirasida maʼlum bir haq evaziga davlat oldida turgan vazifa va funksiyalarni amalga oshiruvchi shaxsdir. Davlat xizmatiga faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari kirishi mumkin Davlat xizmatchisi tushunchasini xil uch ma'nosi bor : birinchidan, davlat-huquqiy nuqtai nazaridan davlat xizmatchisi - bu turli xususiyatdagi va ahamiyatdagi vakolatlarga ega bo`lgan davlatning (davlat organlarining) “xizmatkori” hisoblanadi. Xizmatchilar davlatni davlat ma'muriyatining ichidagi turli ijtimoiy munosabatlarda yoki tashqi aloqalarda davlat nomidan harakat qiladi. Davlat xizmatchisi – davlat va jamiyat taraqqiyotining mahsuli bo`lib, davlat funksiyalarini amalga oshiradi; ikkinchidan, ma'muriy-huquqiy nuqtai nazaridan davlat xizmatchisi - maxsus hokimiyat, tashkillashtiruvchi-farmoyish beruvchi vakolatlarga ega. Davlat xizmatchisi yurisdiksiyaviy (huquqni muhofaza qiluvchi) choralar va vakolatlarni amalga oshirish va ma'muriy-huquqiy sanksiyalarni qo`llash huquqiga ega bo`lgan hokimiyat vakilidir; uchinchidan, jinoyat-huquqiy nuqtai nazaridan davlat xizmatchisi - jinoiy javobgarlikning maxsus subyekti hisoblanadi (davlat xizmatchisi - mansabdor shaxs -mansab jinoyatlari uchun javobgarlikka tortiladilar). Har bir davlat xizmatchisi egallab turgan lavozimidan kelib chiquvchi ma'lum bir vazifalarni bajarishi kerak. Davlat lavozimi - bu davlat xizmatchisining ish (xizmat) joyi hisoblanadi. Har bir davlat lavozimi davlat xizmatining asosiy elementlaridan biri bo`lgan shtat birligiga kiritiladi. Shtat jadvali davlat organi (tashkiloti)da tashkil etilgan lavozimlardan iboratdir. Davlat tashkilotlarida lavozimlar davlat hokimiyati subyektlari tomonidan farmoyish berish tartibida tashkil etiladi. Amaldagi qonunchilikka binoan davlat xizmatiga kirish xuhuqiga, qoida boʻyicha, davlat tilini biladigan, professional taʼlimga ega boʻlgan, davlat xizmatiga qoʻyilgan talablarga javob 1 bera oladigan Uzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan fuqarolari egadir. O`zbekiston Respublikasida davlat xizmatchisi tushunchasini quyidagicha belgilash mumkin: birinchidan, davlat xizmatchisi - bu 18 yoshga to`lgan, davlat tilini bilgan, ma'lum bir bilimga ega bo`lgan O`zbekiston Respublikasining fuqarosidir. Davlat xizmatchisi davlat-xizmat munosabatlarining bir tomonini tashkil etadi. ikkinchidan, davlat xizmatchisi faoliyati davlat xizmatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari talablariga mos kelishi kerak; uchinchidan, davlat xizmatchisi qonunchilik bilan o`rnatilgan tartibda davlat xizmatining pul bilan ta'minlanadigan davlat lavozimini egallaydi. to`rtinchidan, davlat xizmatchisiga qonunchilikda belgilangan tartibda malaka darajalari beriladi; beshinchidan, davlat xizmatchisi davlat funksiyalarini, davlat organlarining vakolatlarini bajaradilar, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'muriy-siyosiy sohalarda (davlatning moliyaviy faoliyati, madaniyatni rivojlantirish, jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlash, bojxona, bank ishi, soliqqa tortish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, ichki ishlar, tashqi siyosiy faoliyat va h.k.larda) davlat vazifalarini amalga oshiradilar; oltinchidan, davlat xizmatchisi aksariyat hollarda yuridik oqibatlarni keltirib chiqaruvchi harakatlarni amalga oshiradilar (masalan, boshqaruv qarorlarini qabul qiladilar, jazoga tortadilar). yettinchidan, davlat xizmatchilarining faoliyati, qoida bo`yicha ishlab chiqarish xususiyatiga ega emas. Lekin ularning faoliyati umuman ishlab chiqarish bilan bog`liq emas, degan xulosaga kelmaslik lozim. Chunki, davlat xizmatchilari ishlab chiqarish jarayoniga uni yo`naltirish, boshqarish, loyihalarni tayyorlash va boshqa funksiyalar orqali ta'sir ko`rsatadi. 9). Mamlakatimiz qonunchiligida davlat xizmatchilariga nisbatan intizomiy, maʼmuriy, jinoiy va moddiy javobgarlik belgilanishi nazarda tutilgan. Intizomiy javobgarlik. Demokratik jamiyat va huquqiy davlat, shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti, barcha sohalarda davlat intizomini, xizmat intizomini yuqori darajada boʻlishini taqazo etadi. Davlat xizmatchilarining asosiy majburiyatlaridan biri – davlat intizomini mustahkamlash va belgilangan intizomga qatʼiy rioya qilish hisoblanadi. Intizomiy javobgarlik qoidalarini belgilovchi asosiy hujjat Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi hisoblanadi, unga asosan ichki mehnat tartibi qoidalari belgilanadi. Intizomiy javobgarlik davlat xizmatchisini shu lavozimga tayinlagan, yoki shunday vakolatga ega organ yoki rahbar tomonidan qoʻllaniladi. Maʼmuriy javobgarlik. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga binoan maʼmuriy nojoʻya xatti- harakat (huquqbuzarlik) uchun nafaqat fuqarolar, balki mansabdor shaxslar (davlat xizmatchilari) ham javobgarlikka tortiladi. Davlat xizmatchilari maʼmuriy javobgarligining huquqiy asosi – Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan oʻrnatilgan umumiy majburiy qoidalarni buzish, yaʼni maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish hisoblanadi. Jumladan Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrdagi qonuni bilan tasdiqlangan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 10-moddasiga binoan maʼmuriy huquqbuzarlikka tortish nazarda tutilgan shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tibbiy muhitga tajovuz qiluvchi gʻayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Basharti bu huquqbuzarlik oʻz xususiyatiga koʻra jinoiy javobgarlikka tortish sabab boʻlmagan taqdirda amalga oshiriladi jarima; • maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish; • maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan • ashyoni musodara qilish; • muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov • qilish huquqidan) mahrum etish; • maʼmuriy qamoqqa olish. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining “Hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar” boʻlimining 15-bobida boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar aks etgan boʻlib, davlat xizmatchilarining jinoiy javobgarligi asosan: hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish (205-modda); hokimiyat yoki mansabdor vakolati doirasidan chetga chiqish (206-modda); mansabga sovuqqonlik bilan qarash (207-modda); hokimiyat harakatsizligi (208-modda); mansab soxtakorligi (209-modda); pora olish (210-modda); pora berish (211-modda); pora olish berishda vositachilik qilish (212-modda) va boshqalardan yuzaga keladi. 10) Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida gi qonunning 5-moddasida murojaatlarning shakllari va turlari ifodalangan. Murojaatlar og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo‘lishi mumkin. Arizalar, takliflar va shikoyatlar murojaatlarning turlari hisoblanadi. Murojaatlar, ularning shakli va turidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga ega bo‘ladi. ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat; taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat; shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat; elektron murojaat — belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida berilgan, shu jumladan davlat organining, tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan murojaat, real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda berilgan og‘zaki murojaatlar bundan mustasno; takroriy murojaat — ayni bir jismoniy yoki yuridik shaxsdan kelib tushgan, uning avvalgi murojaati yuzasidan qabul qilingan qaror ustidan shikoyat qilinayotgan yoki boshqacha tarzda norozilik bildirilayotgan, shuningdek, agar takroriy murojaat kelib tushgan paytga kelib qonun hujjatlarida belgilangan ko‘rib chiqish muddati tugagan bo‘lsa, ilgarigi murojaati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmaganligi to‘g‘risida xabar qilinayotgan murojaat; anonim murojaat — jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoxud ular haqida yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan murojaat, shuningdek uni identifikatsiya qilish imkoniyatini bermaydigan elektron murojaat yoxud imzo bilan tasdiqlanmagan yozma murojaat; 11)Jamoatchilik nazorati ― jamoat birlashmalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining amaldagi qonunlarga mosligini aniqlash va baholash bo‘yicha yuritadigan faoliyat. Davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta'minlashda jamoat nazoratining tutgan orni kattadir. Ozbekiston Respublikasining 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan “Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari togrisida”gi qonunning 10-moddasiga binoan shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigini va shahardagi mahalla fuqarolar yigini – qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining, shuningdek, o`z qarorlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar. 12) Davlat nazorati - bu vakolatli davlat organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablarning buzilishining oldini olish, aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatini vaqti-vaqti bilan tekshirish, natijada buzilishlar aniqlansa, davlat majburlov choralari qo'llanilishi mumkinligidir.Davlat nazorati, kopgina yuridik adabiyotlarda, ikkiga bolingan: prokuror nazorati va ma'muriy nazorat. Davlat boshqaruvi jarayonida qonuniylik va intizomni ta'minlashda ma'muriy nazorat - davlat organlari faoliyatining alohida turi bo`lib, ijro hokimiyatining maxsus vakolatli davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. Ma'muriy nazorat - davlat organlari, mansabdor shaxslar, davlat va nodavlat korxona, muassasa va tashkilotlari, shuningdek, fuqarolar tomonidan umummajburiy qoidalarga qat'iy rioya etishlari ustidan olib boriladigan davlat nazoratidir. 13. "Davlat nazorati" tushunchasi. Davlat nazorati - bu nazorat ostida bo'lmagan shaxslarni nazorat qilish bo'yicha maxsus davlat organlarining tartibga solish qoidalarining buzilishining oldini olish, aniqlash va ularni to'xtatishga qaratilgan faoliyati. Назорат - махсус ваколатли давлат органлари томонидан ўзига бўйсинмаган объект фаолиятида қонунийлик ва интизомни таъминлаш мақсадида амалга ошириладиган бошқарув фаолиятининг бир туридир. Назорат олиб бориш жараёнида назорат остига олинган объектнинг фаолиятига фақатгина қонунийлик нуқтаи назаридан баҳо берилади. Назоратни амалга ошириш вақтида назорат остига олинган объектнинг маъмурий-хўжалик фаолиятига аралашишга йўл қўйилмайди Nazorat obyekti faoliyati jarayonining qabul qilingan boshqaruv qarorlariga muvofiqligini kuzatish va tekshirish, subyektning obyektga ta'siri natijalarini aniqlash tizimidir. Маъмурий назорат - давлат органлари, мансабдор шахслар, давлат ва нодавлат корхона, муассаса ва ташкилотлари, шунингдек, фуқаролар томонидан умуммажбурий қоидаларга қатъий риоя этишлари устидан олиб бориладиган давлат назоратидир. 14. Nazoratning turlari: prokuratura nazorati (umumiy va maxsus), ma'muriy nazorat (umumiy va maxsus): yong'in nazorati: bojxona nazorati; sanitariya nazorati; veterinariya nazorati. O'zbekiston Respublikasining «Prokuratura toʻgʻrisida»gi 2001-yil 29 avgust (yangi tahrirdagi) qonuniga asosan, prokuror qonunlarga rioya etilishi ustidan umumiy nazorat olib boradi. Prokuratura organlari faoliyatining asosiy prinsiplari birlik, markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralikdir.. Davlat boshqaruv organlari, xo'jalik organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat tashkilotlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunlar bilan o'rnatilgan maxsus qoidalarning bajarilishi ustidan olib boriladigan nazorat ma'muriy nazorat deb ataladi. Ushbu nazoratni maxsus vakolatga ega bo'lgan organlar amalga oshiradi. Bunday organlar qatoriga: davlat avtomobil nazorati, davlat yong'in xavfsizligi nazorati organlari, shahar texnika nazorati organlari, davlat sanitariya organlar, davlat veterinariya nazorati organlari, tabiatni muhofaza qilish organlari, ichki ishlar organlari va hokazolar Sanitariya nazorati. Ushbu nazorat turi O'zbekiston Respublikasining Davlat sanitariya nazorati to'g'risidagi 1992- yil 3-iyul qonuniga asosan amalga oshiriladi. Davlat sanitariya nazorati bu sanitariya qonunlari buzilishining oldini olish, aniqlash va ularga chek qo'yishga qaratilgan sanitariya cpidemiologiya xizmatining faoliyatidir. Bojxona nazorati O'zbekiston Respublikasining bojxona ishi sohasidagi qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta'minlash maqsadida bojxona organlari amalga oshiradigan tadbirlar majmuidan iborat. Давлат ҳокимияти вакиллик органларининг назорати. Ўзбекистон Республикаси Конституциясига биноан Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси – олий давлат вакиллик органи бўлиб, қонун чиқарувчи ҳокимиятни амалга оширади. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси икки палатадан - Қонунчилик палатаси (қуйи палата) ва Сенатдан (юқори палата) иборат.
Маҳкамаси тўғрисида”ги 2003 йил 29 августдаги Ўзбекистон Республикаси қонуни га биноан Ўзбекистон Республикасининг Вазирлар Маҳкамаси – Ўзбекистон Республикаси Ҳукумати - Ўзбекистон Республикасида иқтисодиётнинг, ижтимоий ва маънавий соҳанинг самарали фаолиятига раҳбарликни, Ўзбекистон Республикаси қонунлари, Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг қарорлари, Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармонлари, қарорлари ва фармойишлари ижросини таъминловчи ижро этувчи ҳокимият органидир. Қонуннинг 7-моддасига биноан, Вазирлар Маҳкамаси - вазирликлар, давлат қўмиталари, идоралар ва давлат бошқаруви бошқа органларининг фаолияти устидан назоратни амалга оширади. Махсус ваколатли давлат органларининг назорати. Ўзбекистон Республикасининг 1998 йил 24 декабрдаги “Хўжалик юритувчи субъектлар фаолиятини давлат томонидан назорат қилиш тўғрисида”ги қонуни га биноан хўжалик юритувчи субъектлар фаолиятини давлат томонидан назорат қилиш қуйидаги йўллар билан амалга оширилади: а) текшириш, шу жумладан тафтиш, муқобил текшириш, назорат тартибида текшириш; б) статистика ахборотларини ва бошқа ахборотларни таҳлил қилиш; в) идора қарамоғидаги органларни текширишдан ўтказиш. 15 Fuqarolarning ma'muriy huquq layoqati inson tug'ilishi bilan vujudga keladi va tugʻilgandanoq qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo'lishni anglatadi. Huquq layoqati inson shaxsi bilan bevosita bogʻliq boʻlib, uni chcklash yoki undan mahrum etish mumkin emas. Amaldagi qonunchilikka binoan ma'muriy huquq layoqati qonunda belgilangan tartibda faqatgina sud tomonidan cheklanishi mumkin. Fuqarolarning ma'muriy huquq layoqati uning vafot etishi bilan bekor boʻlishi mumkin. 16. Маъмурий ҳуқукий лаёқат - бу маълум бир ҳуқуқларга эга бўлиш ва мажбуриятларни бажариш, ҳаракатларни амалга ошириш ва қарорлар қабул қилиш, маъмурий иш қўзғатиш ва маъмурий ҳуқуқбузарлик ишларини кўриб чиқиш, ҳуқуқий меъёрларни бузиш ва қонун билан ўрнатилган талабларга риоя этмаганлик учун жавобгарликка тортилиш қобилиятига эга бўлишдир. Маъмурий қуқуқий лаёқат аниқ бир маъмурий- ҳуқуқий муносабатларнинг юзага келишида, мазкур ҳуқуқий муносабатлар иштирокчиларининг аниқ ҳуқуқ ва мажбуриятларга эга бўлишида хизмат килади. Маъмурий ҳуқуқ субъектлари томонидан ҳуқуқ ва мажбуриятларнинг амалга оширилиши - ҳуқуқий муносабатларни юзага келтирувчи юридик фактлар билан таъминланади. Маъмурий ҳуқуқ субъектининг ҳуқуқий лаёқати - унга нисбатан юридик жавобгарликни қўллаш қобилиятини ҳам юзага келтиради. 17. “FUQAROLARNING MUROJAATLARI TO‘G‘RISIDA”GI qonunning 3-moddasiga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega. Shuningdek, ushbu qonunning 4-moddasida fuqarolarning murojaat shakllari ko’rsatilgan. Fuqarolarning murojaatlari og‘zaki yoki yozma shaklda kiritiladi. Fuqarolarning og‘zaki va yozma murojaatlari bir xil ahamiyatga ega. Fuqarolarning murojaatlari yakka tartibda yoki jamoa tomonidan berilishi mumkin. Fuqarolarning murojaatlari ariza, taklif yoki shikoyat ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Ariza fuqarolarning o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosi bayon etilgan murojaatidir. Taklif fuqarolarning davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarini o‘z ichiga olgan murojaatidir. Shikoyat fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash to‘g‘risidagi talabi bayon etilgan murojaatidir. 18. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIGI TO‘G‘RISIDA qonunning 5-moddasida ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, pasport olingunga qadar esa — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki shaxsning fuqaroligiga doir ma’lumotlar bo‘lgan o‘zga hujjat — O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar deb hisoblanadi. Lekin, 2021-yil 1-yanvardan boshlab yangi tug‘ilgan bolaga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga va xorijiy fuqaroga belgilangan namunadagi identifikatsiya ID-kartasi beriladi 19. litsenziya - yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ma'lum bir faoliyat turini amalga oshirish huquqiga (litsenziyalanadigan faoliyat turini tashkil etuvchi ishlarni bajarish, xizmatlar ko'rsatishga) maxsus ruxsatnoma, bu litsenziyalovchi organ tomonidan qog'ozda yoki elektron imzo bilan imzolangan elektron hujjat shaklida berilgan hujjat bilan tasdiqlanadi. Agar litsenziya talabnomasida bunday hujjatni elektron hujjat shaklida rasmiylashtirish zarurligi ko'rsatilgan bo'lsa. Litsenziya olinishi yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar olinishi shart bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug‘ullanish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSI 165-modda) 20. Маъмурий назорат давлатнинг бошқа назорат турларидан қуйидаги жиҳатлари билан фарқланади: биринчидан, назорат олиб борилаётган объект фаолиятидаги қонунийликка риоя этилиши билан боғлиқдир; иккинчидан, назоратни олиб борувчи давлат органи билан назорат остига олинган ўртасида ташкилий жиҳатдан бўйсинувнинг бўлиши шарт эмас; учинчидан, уни амалга оширувчи давлат органлари доираси кенгроқдир; тўртинчидан, турли ташкилий ва ҳуқуқий шаклларда амалга оширилади; бешинчидан, назоратни олиб боришнинг махсус усулларига эга; олтинчидан, давлатнинг маъмурий мажбурлов чораларини қўллаш билан боғлиқдир. Shuningdek, farq shundaki, ma'muriy nazorat organlari aniq ma'muriy vakolatlarga ega. ... Prokuratura nazorati organlari nazoratni amalga oshiradigan organlarning xo'jalik faoliyatiga aralashishga to'liq huquqqa ega emas. Ularning vazifasi ham farqli jihatlarga ega. Masalan, prokuratura organlarining umumiy nazoratni amalga oshirish dagi asosiy vazifalari: Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish; qonun ustuvorligini ta'minlash; qonuniylikni mustahkam lash; fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini himoya qilish; jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish; huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish. 21. Ma'muriy-huquqiy normalar vaqt bo`yicha harakatlanishida orqaga qaytish kuchiga ega bo`lishi mumkin. Jumladan O`zR MJtKning 9-moddasiga binoan “Ma'muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga egadir, ya'ni ushbu hujjatlar chiqqunga qadar sodir etilgan huquqbuzarlik hollariga ham taalluqlidir. Ma'muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi yoki javobgarlikni kuchaytiruvchi hujjatlar esa orqaga qaytish kuchiga ega bo`lmaydi”; Ma'muriy huquqbuzarlik uchun ma'muriy javobgarlikni yengillashtiradigan yoki bekor qiladigan yoki ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning mavqeini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga qaytariladi, ya'ni u sodir etilgan kungacha ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan ham qo'llaniladi. 22. Normativ-huquqiy hujjat “NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA muvofiq qabul qilingan, umum majburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir. “NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIning 5-moddasiga ko’ra, ormativ-huquqiy hujjatlarning quyidagi turlari mavjud: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; O‘zbekiston Respublikasining qonunlari; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari; (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari; mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari. 23. “NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIning 4-moddasiga ko’ra, quyidagi organlar yoki mansabdor shaxslar normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega : O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar yoki mansabdor shaxslar. 24. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash tartibi quyidagicha: loyihani tayyorlash to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqish va uni tayyorlash haqida qaror qabul qilishni; loyiha tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy va moliyaviy jihatdan ta’minlashni; zarur materiallar va axborot to‘plashni; loyihaning konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xatini ishlab chiqishni; loyihani tuzishni; huquqiy va boshqa zarur ekspertiza o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritishning xususiyatlari “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadi. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun loyihani ishlab chiqayotgan tashkilot tomonidan ishchi guruh tuzilishi mumkin. Ishchi guruh tarkibiga ishlab chiquvchining tegishli bo‘linmalarining, tegishli tarmoqlar holati va rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining yoki idoralarning, boshqa manfaatdor davlat organlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar kiritilishi mumkin. Bunda nodavlat tashkilotlar vakillari, shuningdek fuqarolar o‘z roziligi bilan ishchi guruh tarkibiga kiritiladi. shchi guruh a’zolari normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan tegishli bilim va tajribaga ega bo‘lishi kerak. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda ishlab chiquvchi: qonun hujjatlarining holatini, loyihani tartibga solish predmeti bo‘yicha qo‘llanilish amaliyotini o‘rganadi;ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan nuqsonlar va ziddiyatlarni, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni, qonun hujjatlarining samaradorligiga ta’sir etuvchi sabablar hamda sharoitlarni aniqlaydi; davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek ayrim fuqarolarning takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar va mutaxassislarning maslahatlari va tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari ma’lumotlarini umumlashtiradi hamda ulardan foydalanadi; xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalarini hisobga oladi, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solish borasida boshqa davlatlar tajribasini o‘rganadi. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi shart.Huquqiy ekspertiza davomida normativ-huquqiy hujjat loyihasining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi hamda maqsadga muvofiqligi tekshiriladi. Tayyorlangan normativ-huquqiy hujjat loyihasi normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ekspertiza yakunlari bo‘yicha xulosasi va tushuntirish xati bilan kiritilib, unda hujjatni qabul qilishning zarurligi asoslanadi, ishlab chiquvchilar ko‘rsatiladi, normativ-huquqiy hujjat mazmunining qisqacha tavsifi beriladi 25. “NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIning 35-moddasiga asosan, normativ-huquqiy hujjat amal qilishining to‘xtatib turilishi va tugatilishi quyidagi hollarda amalga oshiriladi: normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi mo‘ljallangan muddat tugaganda yoki hodisa yuz berganda; normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi qonunda belgilangan tartibda Konstitutsiyaga xilof yoxud haqiqiy emas deb topilganda; normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganda; normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi bekor qilinganda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasida : O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, Hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga ko’ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Respublika davlat boshqaruv organlarining, k hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini to‘xtatadi, bekor qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonunining 35-asosan, Prezident Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqlidir. (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga asoslangan holda) O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonunining 42 va 43-moddalariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan hollarda ularni bekor qilish huquqiga ega, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qonun hujjatlariga zid bo‘lgan qarorlari va farmoyishlari ijrosini to‘xtatib qo‘yish hamda ularni bekor qilishga haqlidir. O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasiga ko’ra, Xalq deputatlari Kengashi hokimning va quyi Kengashning O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga mos kelmaydigan qarorlarini bekor qiladi. Download 48.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling