Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish
Download 35.23 Kb.
|
dekabr oyida milliy parlamentimiz va mahalliy vakillik organlariga bo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish.
dekabr oyida milliy parlamentimiz va mahalliy vakillik organlariga bo‘ladigan saylovlarga tayyorgarlik ishlarining borishi to‘g‘risida, bu boradagi eng muhim va dolzarb masalalar xussusida atroflicha fikr yuritildi. Ma’lumki, mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ygan hozirgi vaqtda barcha soh ava tarmoqlarda chuqur demokratik o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Harakatlar strategiyasi asosida jamiyatimizda ko‘ppartiyaviylik, siyosiy plyuralizm, fikrlar rang-barangligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bugungi kunda yurtimizda beshta siyosiy partiya- “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (2008-yil 11-avgust kuni ro‘yxatdan o‘tgan). “Xalq demokratik partiyasi (1991-yil 1-noyabrda ro‘yxatdan o‘tgan). “Adolat” sotsial demokratik partiyasi (1995-yil 18-fevral kuni ro‘yxatdan o‘tgan). Tadbirkorlar va ish bilarmonlar- O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) (2003-yil 3- dekabr kuni ro‘yxatdan o‘tgan). O‘zbekiston Ekologik partiyasi ( 2019-yil 24-yanvarda ro‘yxatdan o‘tgan ) faoliyat ko‘rsatmoqda. Siyosiy partiyalar rahbarlari bilan suhbat davomida bu galgi saylovlarning o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiayti, partiyalar ushbu g‘oyat muhim jarayoniga qanday g‘oya va maqsadlar bilan borayotgani, elektoratining faolligini oshirish, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashkilotlari faoliyatini kuchaytirish haqida atroflicha fikr yuritidi. “Qaysi partiyaga mansubligidan qat’i nazar, barcha yurtdoshlarimizni birlashtiradigan yagona va mushtarak maqsad bu- jonajon O‘zbekistonimiz, uning buyuk kelajagidir. Ayni shu maqsad hammamizni ona yurtimizga sadoqat bilan xizmat qilishga da’vat etadi” deb ta’kidladi Prezidentimiz. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish. Demokratiya tamoyillariga tayanuvchi davlat hokimiyati xalq manfaatini ifoda etib, jamiyatni boshqarish hamda rivojlantirishga xizmat qiluvchi bunyodkor kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Davlat hokimiyati jamiyatga siyosiy rahbarlik qilib, unga yaxlitlik va barqarorlik baxsh etadi. O‘zbekistonda hokimiyat idoralarning xalq manfaatlariga bo‘ysundirilgani konstitutsiyaviy prinsip tarzida ular faoliyatining asosiy mezoniga aylanadi. “Kuchli davlatdan- kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini amalga oshirishda faol ishtirok etuvchi ijtimoiy institutlar Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari – mahallalar Nodavlat – notijorat tashkilotlari Erkin va xolis ommaviy axborot vositalari Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirishda, davlat hokimiyati tuzilmalari (parlament, president, hukumat) o‘rtasidagi munosabatlarning samarali tashkiliy va huquqiy mexanizmlarini yaratishda so‘nggi yillarda konstitutsiyaviy qonunchilikka joriy qilingan yangi institutlar muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96, 98- moddalariga)” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni davlat hokimiyati tizimini yanada demokratlashtirishning muhim huquqiy asosi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasida Davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilishning 6 ta asosiy yo‘nalishi belgilab berildi. [ 10.09.2017 kun.uz]. Download 35.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling