Davlat budjeti daromadlarining mazmuni davlat budjeti daromadlarining turkumlanishi budjet xarajatlarining mazmuni va turkumlanishi


Download 0.65 Mb.
bet2/10
Sana07.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1174858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
DAVLAT BYUTJETI

Budjet munosabatlari - jamiyat iqtisodiy tizimining elementidir. Iqtisodiy kategoriya sifatida budjet munosabatlari moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Budjetning moliyaga xos sifat belgilari birinchidan, ijtimoiy mahsulot qiymatining taqsimlanish jarayonida, aniqrog‘i, qayta taqsimlanishi jarayonida vujudga kelib, pul munosabatlarining o‘ziga xos shakli hisoblanadi. Ikkinchidan, budjet markazlashtirilgan moliyaviy resurslarni shakllantirish, taqsimlash va undan foydalanishga yo‘naltirilgan fond hisoblanadi.


2. Byudjet defitsiti va uni moliyalashtirish


Iqtisodiyotning o’rnatilgan barqarorligi darajasi davriy byudjet taqchilligi va ortiqchaligi miqdorlariga bog’liq. Davriy taqchillik (ortiqchalik) iqtisodiy faollik pasayishi (oshishi) sharoitida soliq tushumlarining avtomatik kamayishi (oshishi) va davlat xarajatlarining avtomatik oshishi (kamayishi) natijasida yuzaga keladigan davlat byudjeti taqchilligi (ortiqchaligi)dir.
Davriy pasayish bosqichida soliqlar avtomatik pasayishi, davlat transfertlarining oshishi natijasida byudjet taqchilligi kelib chiqadi.
Davriy yuksalish bosqichida soliqlar avtomatik ko’payishi va davlat xarajatlarining kamayishi natijasida byudjet ortiqchaligi paydo bo’ladi.
Davlat xarajatlari o’zgarmas bo’lgan sharoitda ham byudjet taqchilligi va ortiqchaligi mavjud bo’lishi mumkin. Davriy taqchillik va ortiqchalik miqdorlari soliq va byudjet funktsiyalari grafiklarining «tikligiga» bog’liq. Soliq funktsiyasi T ning egilish burchagi miqdori chegaraviy soliq stavkasiga t ga bog’liq. t qancha yuqori bo’lsa, T chizig’i shuncha tikroq, γ qancha pastda bo’lsa, G chizig’i ham shuncha tik bo’ladi. Bu esa iqtisodiyotning o’rnatilgan barqarorligi darajasini oshiradi. Ammo iqtisodiy o’sishning ta’minlash vazifasi T va G chiziqlarini yotiqroq bo’lishini taqozo etadi.

Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi


O’rnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YaIM hajmini, uning potentsial hajmi darajasi atrofida tebranishi sababini to’liq tugatmaydi va ishlab chiqarishning har qanday darajasida mavjud bo’lishi mumkin.
To’liq bandlikni ta’minlagan diskret fiskal siyosat yuritilishi natijasida davlat byudjetining tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya’ni to’liq bandlik sharoitida byudjet xarajatlari (daromadlari) va daromadlari (xarajatlari) o’rtasidagi farq yuzaga keladi. Davriy taqchillik ko’pincha davlat byudjetining haqiqiy taqchilligi va tarkibiy taqchillik farqi sifatida baholanadi.
Nazariy jihatdan olib qaralganda byudjetning sog’lom (normal) faoliyat ko’rsatishi unga tegishli bo’lgan daromadlar va xarajatlarning tengligini taqozo eadi. Haqiqatdan ham u yoki bu miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish uchun byudjet shu miqdordagi daromadlarga ea bo’lishi kerak. Aks holda bu xarajatlarni amalga oshirishning iloji bo’lmaydi. Byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligi byudjetning balanslashtirilganligidan dalolat beradi. Amaliyotda byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda byudjetning daromadlari uning xarajatlaridan ko’p bo’lishi mumkin. Bunday byudjet profitsitli byudjet deyiladi.
Budjet munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iboratdir:
-budjet davlat qo‘lida milliy daromadni bir qismini jamlash va ijtimoiy ehtiyojlar va alohida davlat-xududiy tuzilmalar uchun undan foydalanish bilan bog‘liq qayta taqsimlash munosabatlarining aloxida iqtisodiy shakli hisoblanadi;
-budjet yordamida milliy daromadning bir qismi va ayrim holatlarda milliy boylik xalq xo‘jaligining tarmorqlari, mamlakat xududlari, ijtimoiy faoliyat sohalari o‘rtasida qayta taqsimlanadi;
-qiymatni budjet orqali qayta taqsimlash nisbati moliyaning boshqa bug‘inlariga nisbatan yirik miqdorni tashkil qiladi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va jamiyat rivojlanishining har qaysi tarixiy bosqichlarida uni rivojlanishi oldida turgan vazifalari orqali aniqlanadi;
-budjetning taqsimlash sohasi davlat moliyasida markaziy o‘rinni egallab, uning boshqa bo‘g‘inlariga nisbatan muhim ahamiyatga ega.
Demak, budjet iqtisodiy mohiyati nuqtai-nazaridan mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida ko‘rib o‘tiladigan bo‘lsa, davlatning moliyaviy asosini, qonuniy o‘rnatilishi nuqtai-nazaridan esa, davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida ko‘rib o‘tiladi.
Bizning fikrimizcha, birinchidan, budjet munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri sifatida davlat bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, aholi o‘rtasidagi imperativ xarakterga ega bo‘lgan pul munosabatlari hisoblanishidir. Ikkinchidan, budjet munosabatlari moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida markazlashtirilgan pul fondlarini tashkil qilish va undan foydalanish bilan bog‘liq pul munosabatlarini o‘zida aks ettiradi. Xo‘jalik mexanizmining tarkibiy elementi hisoblangan budjet mexanizmidagi yuqorida ta’kidlangan 2 xususiyatli sifat belgilari budjetning moliyadan V. Rodionova ta’kidlagan 4 asosiy farqli jihatlariga ega bo‘lish imkoniyatlarini shakllantiradi.
Qonunlar, monografiyalar, darsliklar, ilmiy maqolalar kabi iqtisodiy adabiyotlarda “budjet” terminini qo‘llashga alohida e’tiborni qaratish lozim.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasining „Budjet tizimi to‘g‘risida”gi qonunida budjetga quyidagicha ta’rif berilgan: ”Davlat budjeti - davlat pul mablag‘larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi”.
Professor L.A. Drobozina “pul mablag‘larining asosiy markazlashtirilgan fondi”-deb ta’kidlaydi. Professor A.Yu. Kazak esa “…asosiy moliyaviy reja sifatida… muhim moliyaviy to‘g‘rilovchi sifatida… pul munosabatlarining… majmuasidir”- deb ta’kidlaydi.
Mamlakatimizning iqtisodchi olimlaridan prof. M.Yo‘ldoshev va Y. Tursunovlar esa, byujetga quyidagicha ta’rif berganlar: „Budjet – bu, turli darajadagi markazlashgan pul mablag‘lari fondini vujudga keltirish, taqsimlash va foydalanishga oid asosiy moliyaviy reja bo‘lib, u tegishli davlat yoki mahalliy idora tomonidan ishlab chiqiladigan hamda tasdiqlanadigan yuridik hujjatdan iborat”4.
Shuningdek, iqtisodchilar Z.X. Srojiddinova, A.V. Vahobov va J.R. Sidiqovlar ham davlat budjetining mohiyatini ochib berish uchun qator ta’riflar keltirganlar. Ularda: „Davlat budjeti – davlatning pul mablag‘larini markazlashgan fondi (davlat maqsadli fondlari mablag‘lari bilan birgalikda) bo‘lib, moliya yili davomidagi daromadlar manbalari va aniq maqsadlarga ajratiluvchi mablag‘lar hajmlarini nazarda tutadi”. „Davlat budjeti – davlatning asosiy moliyaviy rejasi bo‘lib, moliyaviy rejalar tizimida muhim rol o‘ynaydi”5.
Iqtisodchi U.A. Burxanov esa: „Davlat budjeti – umumjamiyat xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida tuziladigan, hokimiyatning qonun chiqaruvchi oliy organi tomonidan tasdiqlanadigan davlatning markazlashtirilgan pul fondidir” – deb ta’rif beradi6.
Yuqoridagi olimlarning davlat budjetiga bergan ta’riflarini o‘rganish, solishtirish va tahlil qilish natijasida biz bu kategoriyaga quyidagicha ta’rif berishni ma’qul, deb topdik: «Davlat budjeti – bu tegishli darajadagi (markaziy yoki mahalliy) davlat boshqaruv organi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan moliyaviy reja bo‘lib, unda davlatning o‘z funksiyalaridan kelib chiqib amalga oshiradigan asosiy xarajatlari hamda ularni moliyalashtirish uchun zarur daromadlari o‘z aksini topadi».
Budjetning qaysi darajada ekanligidan qat’i nazar unga uch jihatdan yondashish mumkin7:


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling