Davlat budjeti siyosati. Aholining ijtimoiy qatlami,mamlakat hududlari iqtisodiyoti Mundarija: Kirish I bob. Davlat budjeti siyosati. Aholining ijtimoiy qatlami,mamlakat hududlari iqtisodiyoti Asosiy qism
Davlat byudjetining mohiyati va vazifalari
Download 68.61 Kb.
|
Davlat budjeti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat byudjet daromadlari
Davlat byudjetining mohiyati va vazifalari
Davlatning tashkilotlar, korxonalar, aholi bilan paydo bo‘ladigan moliyaviy munosabatlari byudjet munosabati deyiladi. Bu munosabatlarning tarkibi quyidagicha: 1. Ular o‘zgarmas qatnashuvchisi davlat bo‘lgan taqsimlash jarayonida paydo bo‘ladi. 2. Ular umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan pul mablag‘larining markazlashgan fondlarini shakllantirish va ishlatish bilan bog‘lik. Mamlakatning byudjet fondini shakllantirish va ishlatish bo‘yicha byudjet munosabatlarining yig‘indisi davlat byudjeti ma’nosini beradi. Iqtisodiy toifa sifatida davlat byudjetining mohiyati taqsimlash (qayta taqsimlash) va nazorat funksiyasi orqali amalga oshiriladi. Byudjetning xalq xo‘jaligi bilan ko‘p shaklli aloqalarini aks ettiruvchi byudjet ko‘rsatkichlari adresi (o‘rni), jamiyat ishlab chiqarishi tuzilmasini qismlaridagi ishlar holatini nazorat qilish maqsadida ularni ishlatish uchun asos yaratiladi. Byudjet ko‘rsatkichlari orqali iqtisodiy va ijtimoiy jarayon davomida oldindan rejalashtirilgan va (faktik) olingan ma’lumotlar orasidagi farqni kuzatish mumkin. Bu esa hukumatning tezkor qarorlar qabul qilishi uchun signal bo‘ladi. Davlat byudjet daromadlari. Daromadlarning asosiy manbai — bu soliq to‘lovlaridir. Soliqlar to‘g‘ri va egri bo‘lishi mumkin. Birinchisi —daromad va foydaga bevosita o‘rnatilsa, ikkinchisi — narxga qo‘shimcha sifatida o‘rnatiladi. DAVLAT BUDJETI TAQCHILLIGI VA PROFITSITI, DAVLAT TOMONIDAN MABLAG’ JALB QILISH Davlat byudjeti harajatlari — bu davlat pul mablag‘lari fondini taqsimlash va uni sohaviy, maqsadli, xududiy mo‘ljallari bo‘yicha ishlatish tufayli paydo bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlardir. Ular aniq hususiyatlar bo‘yicha sinflanadi: qayta ishlab chiqarishdagi roli bo‘yicha; jamiyatdagi o‘rni bo‘yicha; ishlab chiqarish sohalari va faoliyat turlari bo‘yicha; maqsadli mo‘ljallar bo‘yicha. Jamiyat ishlab chiqarishdagi roli bo‘yicha — bu moddiy va nomoddiy soha orasida iqtisodiyotning eng yangi sohalarini rivojlantirishni rag‘batlantirish, ITT(U) tezlashtirishga ta’sir etish orqali xalq xo‘jaligi proporsiyasini aniqlash orqali taqsimlanadi. Jamiyat mas’uliyati bo‘yicha — davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa funksiyalarini bajaradi. Davlat byudjeti harajatlarining sohaviy guruxlari asosida, iqtisodiyotni soha va faoliyat turlariga ajratish yotadi. Davlat tomonidan moliyalashtirilgan harajatlarning aniq ko‘rinishlarini maqsadli mo‘ljallangan kapital qo‘yilmalarga harajatlar, dotatsiyalar, nomoddiy ishlab chiqarish sohasi bo‘yicha; ish xaqiga harajatlar, kapital tuzatish va boshqalar kiradi. Davlat byudjetini iqtisodiy sinflash bilan birgalikda maqsadli dasturlar bo‘yicha assignatsiya taqsimlash yotuvchi tashkiliy guruxlash ham ishlatiladi. Byudjetni moliyalash subsidiyalash bilan almashtirish zarur, bunda mablag‘larni takdim etishning zaruriy sharti, tanlov kurashi hisoblanadi. Davlat byudjetining harajatlari uning daromadlari bilan uzviy bog‘liqdir. Ushbu o‘zaro aloqa harajatlarning daromadga miqdoriy nisbati hamda ularni bir-biriga ta’siri orqali aniqlanadi. Davlat harajatlari davlatning iqtisodiy, ijtimoiy boshqaruv, harbiy funksiyasi bilan bog‘liq. Davlat harajatlari byudjet va byudjetdan tashqari fondlar tizimi hamda davlat korxona, tashkilot harajatlari orqali amalga oshiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harajatlaridan tashkil topgan. Davlat harajatlari investitsiya siyosatini, ilmiy-texnik dasturlarni amalga oshirish, ijtimoiy harakterdagi harajatlar: sog‘liqni saqlash, munitsipial qurilishni tashkil etish uchun ishlatiladi. Download 68.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling