Davlat budjeti. Soliqlar
Download 71.46 Kb.
|
Makroiqtisodiyot topshiriq-2 I.M.
10.2-jadval O‘zbekiston Respublikasida soliqlar tizimi tarkibi
Soliqlarni ob’ekti va iqtisodiy mohiyati bo‘yicha guruhlanadi. Soliqlarni guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sirlarni o‘rganishning ilmiy va amaliy uslubidir. Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga karab to‘rt guruhga bulinadi: -oborotdan olinadigan soliqlar; -daromaddan olinadigan soliqlar; -mol-mulk kiymatidan olinadigan soliqlar; -yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar. Oborotdan olinadigan soliqlarga qo’shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona va yer osti boyliklari kiymatidan olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo‘yicha ilgaridek mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki maxsulotlarni yuklab yuborgan kiymat bilan ulchanadi Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi. Daromaddan olinadigan soliqlarga huquqiy shaxslarning daromadiga (foydasiga), jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, savdo tashkilotlarining yalpi daromadidan soliqlar i kiradi. Bu guruh soliqlarga ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i ham kiradi. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig‘i, ekologiya, avtomobil mashinalarini qayta sotish solig‘i va boshqalar kiradi. Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishlok xo‘jalik tovar ishlab chikaruvchilarning yagona yer solig‘i va yuridik (noqishloqxo‘jalik) va jismoniy shaaxslarning yer soliqlari kiradi. Iqtisodiy mohiyatiga karab soliqlar egri va to‘g‘ri soliqlarga yoki bevosita va bilvosta bulinadi. Download 71.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling