Davlat budjeti Suyunov Diyorbek sbia-91/21
Download 187.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Davlat budjeti
Davlat budjeti Suyunov Diyorbek SBIA-91/21 Davlat budjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati. budjetining mohiyati Budjet taqchilligi va uni moliyalashtirish vositalari. •Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qolga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yolga qoyilishi, buning tasirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va korsatilayotgan xizmat turlarining kopayib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir soz bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiyot yolining togri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bolib xizmat qilmoqda. Bu omillarning yagona maqsad – yurt tinchligi va ravnaqi, xalqimiz farovonligi yolida jamiyatimizning doimo hamjihat bolib kelayotgani ota murakkab mustaqil taraqqiyot yolini bosib otishda naqadar ogir sinovlardan muvaffaqiyatli otishga imkon yaratdi. Birgina misol, 2008 yilda boshlangan, bugungi kunga qadar salbiy tasir va oqibatlari saqlanib qolayotgan, keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlarda ozining yangi xurujini namoyon etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi nafaqat ayrim mamlakatlar, balki dunyoning deyarli barcha qitalarida iqtisodiy siyosatning zaif jihatlarini, ayniqsa, bank-moliya tizimining mort boginlarini oshkor etib qoydi. Ana shunday murakkab bir sharoitda mamlakatimiz iqtisodiyoti, bizning ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyot modelimiz yana bir bor hayot sinovidan muvaffaqiyatli otib, ozini tola oqlagani har qanday etirof va etiborga munosibdir.nafaqat ayrim mamlakatlar Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati byudjetining mohiyati • Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish) munosabatlarining bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini toplash va uni jamiyat taraqqiyotining turli sohalarini (iqtisodiyot, maorif, sogliqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy taminot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yonaltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasidir. Mohiyatiga kora davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi bolib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir barcha xususiyatlarga ega va unga tegishli bolgan barcha funktsiyalarni bajaradi. Bir vaqtning ozida, davlat byudjeti faqat oziga xos bolgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular oz navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa bolinmalaridan ajratib turadi va unda markaziy orinni egallashga imkon beradi.Davlat Xarajatlar • Davlat byudjetining xarajatlari xuddi uning daromadlari singari, ikkiyoqlama xarakterga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, boshqa tomondan esa subektlarning ixtiyoriga tushadigan qaytarilmaydigan mablaglar bolib, ularning daromadlariga aylanadi va ular tomonidan turli maqsadlarga moljallangan tegishli fondlarni shakllantirishda foydalaniladi. Ana shu ikkiyo qlama xarakter davlat byudjeti xarajatlarining yakuniy emas, balki taqsimlash jarayonlarining oraliq bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Bu erda byudjet fondl arining egasi davlat va pul mablaglarini oluvchilar subektlar ortasida yangi taqsimlash munosabatlari paydo boladi. Daromadl ar singari, davlat byudjetining xarajatlari ham obektiv iqtisodiy kategoriyadir. U kategoriya sifatida byudjetli taqsimlash munosabatlarining malum bir ya kuniy qismini abstrakt holda umumlashtiradi. Ularning moddiylashuvi byudjetdan subektlarga pul mablaglarining teskari oqimi bilan xarakterlanadi. Daromad va xarajatlar muvozanati • Budjet daromadlari va xarajatlari muvozanatda bolishini taqozo qiladi. Lekin kopchilik hollarda davlat byudjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi roy beradi. Bu holning sabablari kop bolib, ularning ichida davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz osib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida orin tutadi. Byudjet taqchilligining osishi yoki kamayishi mutlaq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbatida aniq namoyon boladi. Download 187.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling