Davlat buyurtmaxonalari Obidova Gulmira


Download 334.4 Kb.
bet2/4
Sana09.01.2023
Hajmi334.4 Kb.
#1085648
1   2   3   4
Bog'liq
12. Davlat buyurtmaxonalari ppt

1988-yilda O‘zbekistonda 6 ta buyurtmaxona faoliyat yuritar edi: Arnasoy - Jizzax viloyati; Dengizko‘l - Buxoro viloyati; Kohitang - Surxondaryo viloyati; Sangardak - Surxondaryo viloyati; “Efa” - Surxondaryo viloyati; Gurlan - Xorazm viloyati. Bugungi kunda O‘zbekiston hududida 12 ta faoliyat yuritayotgan buyurtmaxona mavjud.

“Dengizko‘1” Davlat ornetologik buyurtmaxonasi O‘z SSR Vazirlar Kengashining 1973-yildagi 530-sonli qarori bilan tashkil qilingan, faoliyat muddati Buxoro viloyati ijro qo‘mitaning 26.06.90- yildagi 157-11-sonli qarori bilan muddatsizga uzaytirildi. Buyurtmaxona maydoni 50 ming ga. Tashkil qilishdan maqsad-uchib o‘tadigan suvda suzuvchi qushlarni muhofaza qilish va qayta tiklash, qishlash yerlarini, yashash muhitini saqlab qolishdir. Buyurtmaxonani muhofaza qilish Davlat tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Muhofaza doimiy emas, operativ reydlar orqali yuritiladi.

“Qoraqir” Davat buyurtmaxonasi Buxoro viloyati ijro qo‘mitaning 25.01.92-yildagi 15-1-sonli qarori bilan tashkil qilingan. Buyurtmaxonaning muddati cheklanmagan. Maydoni 30 ming ga. Tashkil qilishdan maqsad-uchib o'tadigan qushlar va boshqa hayvonlami, ular yashash va ko'payish yerlarini muhofaza qilishdan iborat. O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ixtiyorida Buyurtmaxona hududini muhofaza qilish Davlat tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Buyurtmaxona o‘z soqchilariga ega emas.

Arnasoy Ornetologik buyurtmaxonasi Jizzax viloyati Forish tumanidagi Tuzkon ko‘lida O'z SSR Vazirlar Kengashining 9.09.83- yildagi 521-sonli qarori bilan tashkil qilingan. Buyurtmaxona maydoni 63, 3 ming. ga. Buyurtmaxona muddati cheklanmagan. Tashkil qilishdan maqsad-uchib o‘tadigan va uya quradigan qushlarni muhofaza qilishdir. Buyurtmaxonani O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi-Jizzax viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Davbionazoratning Arnasoy inspektsiyalari muhofaza qiladi.


Download 334.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling