Davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilishi va ularning klassifikatsiyasi


Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana25.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1721597
1   2   3   4
Bog'liq
217-220

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari 
 
www.pedagoglar.uz
 

 
 
 
 
 
 
 21-to’plam avgust 2023 
 
218 
(soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va 
yig’imlardan so’ng); 3. fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo’llash 
natijasida olingan mablag’lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, kompensatsiyalar va 
davlat sub’yektlariga etkazilgan zararlarni tiklash bo’yicha olingan mablag’lar va 
majburiy undirilgan boshqa mablag’lar; 4.moliyaviy yordam ko’rinishidagi daromadlar 
(davlat byudjeti ssudalari va davlat byudjeti kreditlaridan tashqari); 5. soliq xarakteriga 
ega bo’lmagan boshqa daromadlar.
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibida tushumlarning quyidagi ko’rinishlari 
ham hisobga olinishi mumkin:
- davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki boshqa
ko’rinishda olinadigan mablag’lar; - kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarda davlat 
byudjeti mab lag’larining qoldig’i bo’yicha foizlar ko’rinishida olinadigan mablag’lar; - 
davlatga tegishli mol-mulkni garovga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan
mablag’lar; -qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy davlatlarga yoki 
boshqa yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti mablag’laridan foydalanganlik uchun 
haq; - davlatga qisman tegishli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari ustav kapitalining hissasiga 
yoki aktsiyalar bo’yicha dividendlarga to’g’ri keladigan foyda ko’rinishidagi daromadlar; 
- davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi 
qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng); - davlatga tegishli bo’lgan 
mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa 
daromadlar.
Davlat byudjetining daromadlar qismini to’ldirishning manbalaridan biri davlat 
byudjeti tizimida boshqa darajada turgan byudjetdan dotatsiyalar, subventsiyalar va 
subsidiyalar yoki mablag’larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida 
olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag’larni oluvchi 
davlat byudjetining daromadlarida o’z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik 
shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan 



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling