Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyat


Download 316.13 Kb.
bet7/8
Sana22.03.2023
Hajmi316.13 Kb.
#1286072
1   2   3   4   5   6   7   8
y=a0+a1I+a2S+a3T+a4X
aparametrning shartli qiymatlarini olib, ushbu tenglamani quyidagicha qayta yozamiz:
y=0,56+0,256*I+1,25*S+452*T+0,345*X
Endi, ushbu tenglama orqali byudjet xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarni baholash mumkin. Unga ko‘ra, davlat investitsiya xarajatlarining 1%ga qo‘shimcha o‘zgarishi, boshqa omillar o‘zgarmay qolganda byudjet xarajatlarining 0,256%ga o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Boshqa xarajat turlari bo‘yicha ham huddi shunga o‘xshash xulosalar qilish mumkin. Omilli tahlildan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, davlat byudjeti xarajatlariga eng katta ta’sir ko‘rsatuvchi omil – ijtimoiy xarajatlaridir. Ushbu xarajatlarning qo‘shimcha 1%ga ortishi, jami byudjet xarajatlarining 1,25%ga ortishiga sabab bo‘ladi. Regression tahlil asoslariga ko‘ra ushbu tenglamadagi ozod had (0,56) hisobga olinmagan hadlarning byudjet xarajatlariga ta’sirini ifodalaydi.0,256;1,25;0,452 va 0,345 parametrlar byudjet xarajatlarining har bir omil bo‘yicha elastikligi deb ataladi. Elastiklik koeffitsienti – omil belgining qo‘shimcha o‘zgarishini ushbu omil ta’sirida natijaviy belgining qo‘shimcha o‘zgarishiga nisbati orqali ifodalanadi. Masalan, byudjet xarajatlarining investitsiya xarajatlari bo‘yicha elastikligi quyidagicha hisoblaniladi:
E1
bu erda: ΔI– investitsiya xarajatlarining o‘zgarishi; ∆DH – investitsiya xarajatlari natijasida davlat xarajatlarining o‘zgarishi.
Umuman olganda mazkur holat byudjet siyosatining ijtimoiyyo‘naltirilganligi haqida xulosani tasdiqlaydi, bu esa iqtisodiyot o‘sishining muhim omillaridanbiri bo‘lgan inson kapitalining sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Davlat byudjeti daromadlarining o‘zgarishini ham huddi shunday usulda statistik tahlil qilish mumkin. Bunda byudjet daromadlarining o‘sish sur’atlari butun 45 iqtisodiyotning o‘sishiga bog‘liq. Bunibyudjetga tushumlar (GR) va yalpi ichki mahsulotni (GDP), o‘rtacha ish haqi (W) hamda bilvosita egri soliqlar (VAT)orasidagi bog‘lanishni ifodalovchi quyidagi tenglama parametrlari tasdiqlaydi. Tenglama ko‘rinishi quyidagicha:

Download 316.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling