Davlat byudjetining sog’liqni saqlash xarajatlari
Download 1.09 Mb.
|
DAVLAT BYUDJETINING SOG’LIQNI SAQLASH XARAJATLARI
Har bir guruh bo’yicha xarajatlar muassasalarning turlari va tadbirlarning yo’nalishlari bo’yicha aniqlashtiriladi. Alorida olingan tibbiyot muassasasining xarajatlari uning ―xarajatlar smetasi‖ deb ataladigan moliyaviy rejasida quyidagi xarajat guruhlari buyicha rejalashtiriladi: Ish haqi va unga tenglashtirilgan tulovlar; 1 O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 1-martdagi 49-sonli buyrug’ining (ro’yxat raqami 2146-8. 30.03.2018. Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018 y., 10/18/2146-8/0965-son) 4-ilovasi asosida qisman keltirilgan. Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar; Boshqa xarajatlar Smetalarni tuzishda xarajatlarning katta guruhini tashkil qiluvchi ish haqi xarajatlarini rejalashtirish alohida o’rin egallaydi. Ish haqi xarajatlarini rejalashtirishda Shtatlar jadvali asos bo’lib xizmat qiladi. Shtatlar jadvalini tuzish sogliqni saqlash muassasasi xodimlari sonini aniqlashdan boshlanadi. Xodimlar soni muassasaning turi va quvvatiga ko’ra tibbiyot muassasalari namunaviy shtatlari asosida aniqlanadi. Xodimlar soni aniqlangach, har bir ishlovchining mehnatiga haq to’lash yillik miqdoridan tashkil topgan muassasaning mehnat haqi fondi aniqlanadi. Davlatga qarashli bo’lgan tibbiyot va farmasevtika muassasalarida tibbiy xodimlar ish haqini hisoblash va to’lash tartiblari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-sonli qarori bilan tasdiqlangan ―O’zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmasevtika xodimlari mehnatiga haq to’lash tartibi va shartlari to’g’risidagi Nizom‖1 bilan belgilab berilgan. Ushbu Nizomga muvofiq, mehnatga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimi joriy etiladigan davlat muassasalarining quyidagi 4 guruhi aniqlangan bo’lib, xodimlarning lavozim okladlari (bazaviy tarif stavkalari) ular ishlaydigan muassasaning qaysi guruhga kiritilganligiga qarab tuzatuvchi koeffitsientlarni qollagan holda oshiriladi. Bular: Ambulatoriya-poliklinika muassasalari, sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati va boshqa muassasalar. Umumiy profilli statsionar tibbiyot muassasalari va boshqalar. Ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalar. Shoshilinch va tez tibbiy yordam markazlari, tez yordam stansiyalari, OITSga qarshi kurash Respublika va mintaqaviy markazlari. Yuqoridagi bobda byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlar ish haqlarining bazaviy tarif stavkalari (lavozim okladlari) 22 ta razryaddan va har bir razyrad uchun o’rnatilgan tegishli tarif koeffitsientlaridan iborat bo’lgan Yagona Tarif Setkasi asosida aniqlanishi, ayrim tarmoqlar uchun esa mehnatga haq to’lashning tarmoq setkasi qo’llanilishi mumkinligi haqida ma‘lumot berilgan edi. Mehnatga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimi joriy etiladigan davlat sog’liqni saqlash muassasalarida hozirgi kunda 11 ta razryad va har bir razryadga to’g’ri keluvchi tarif koeffitsientlaridan iborat bo’lgan quyidagi tarmoq tarif setkasi qo’llaniladi: 1 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi ―Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to’g’risida‖gi 276-son Qarori. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 01.06.2018 y., 09/18/396/1287-son. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling