Davlat byudjetining ta’lim tizimi xarajatlari reja
Download 35.35 Kb.
|
DAVLAT BYUDJETINING TA’LIM TIZIMI XARAJATLARI
DAVLAT BYUDJETINING TA’LIM TIZIMI XARAJATLARI Reja: Kirish 1. Davlat byudjeti xarajatlarini nazariy va huquqiy asoslari 2. Davlat byudjeti xarajatlarining amaldagi holatini tahlili 3. Zamonaviy sharoitda davlat byudjeti xarajatlar tizimidagi islohotlar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Byudjetda markazlashtirilayotgan mablag’lar davlat hokimiyat organlari va mahalliy o’zo’zini boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, ular davlat va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tegishli funktsiyalar va vazifalarning bajarilishi ta’minlaydi. Byudjetning maqsadi resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida ijtimoiy yo’naltirilgan jamiyatni barpo etishdir. Byudjetning barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir. Bizning mamlakatimizda zamonaviy byudjetni barpo etish mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq boshlangan edi. Bu narsa mamlakat iqtisodiyoti oldida turgan juda keskin o’zgarishlarni amalga oshirish sharoitida sodir bo’lib, ular o’z navbatida, byudjetning oldida turgan birinchi darajali vazifalarni ham aniqlab berdi. “Davlat jami xarajatlarining asosiy qismi, ya’ni qariyb 59,2 foizi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratildi, uning 34 foizdan ortig’i ta’lim, 14,5 foizdan ko’prog’i sog’liqni saqlash sohalarini moliyalashtirishga yo’naltirildi”-deydi prezidentimiz I.A. Karimov o’z ma’ruzalarida1. Darhaqiqat davlat byudjeti xarajatlarining asosiy qismi ijtimoiy sohalarni mablag’ bilan ta’minlashga yo’naltirilgan ekan, avvalo ushbu mablag’lardan foydalanish va davlat byudjeti xarajatlari samarali ijrosini ta’minnlash dolzarb masaladir. Istiqlolimizning tarixiy nuqtai-nazardan qisqa yillarida byudjet masalalarida juda katta yutuqlarga erishilganiga qaramasdan, hamon bu erda muammolar mavjud. Byudjet daromadlarining qiyinchiliklar evaziga shakllantirilayotganligi, hamma vaqt ham byudjet mablag’laridan oqilona foydalanilmayotganligi, byudjet defitsiti darajasini belgilangan me’yorlar darajasida ushlab turishning zarurligi ana shunday muammolar qatoriga kiradi. Mamlakatning byudjet tizimi va byudjetdan moliyalashtirishni ham takomillashtirishga muhtoj. Aynan shuning uchun ham biz tomondan tanlangan ushbu bitiruv-malakaviy ishi mavzusi bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlarini amalga oshirishdagi muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi. - Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishda davlat byudjetining ahamiyatini o’rganish; - Davlat byudjeti xarajatlarining asosiy yo’nalishlari va ularning tashkiliy – huquqiy asoslarini o’rganish; - Davlat byudjeti xarajatlarining hozirgi holatini tahlil qilish; - Davlat byudjetidan mablag’ oluvchi byudjet tashkilotlarini xarajatlarini to’lashning amaldagi tartibini tahlil etish; - Davlat byudjeti xarajatlarining g’azna ijrosini takomillashtirish masalalarini tadqiq etish; - Natijaga yo’naltirilgan byudjetlashtirish tizimini qo’llash orqali davlat byudjeti xarajatlari samarali ijrosini ta’minlashni tadqiq etish; - mavzuga oid bo’lgan umumiy xulosa va takliflar tizimini ishlab chiqish. Davlat byudjeti xarajatlari ijrosini samarali ta’minlashga qaratilgan amaliytavsiyalardan maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilishi mumkin. Download 35.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling