Давлат герби Ўзбекистон Республикасининг 992 йил июлдаги 616-xii-сонли
Download 0.52 Mb.
|
16.10.2023
Порлаб турган қуёш – бой тарихга ва юксак маданиятга эга она халқимизнинг қалбидаги меҳр-оқибат, бағрикенглик, меҳмондўстлик, бардавомлик, шунингдек, кўҳна ва навқирон заминимиздаги тўкин – сочинлик, ободончилик, фаровонлик, пурнурлик рамзига ўхшайди.
Гербимизда марказий ўрин тутувчи афсонавий Ҳумо қуши рамзини халқимиз азалдан давлат қуши сифатида тасаввур қилиб келган. Заминимизда неча минг йиллар илгари пайдо бўлган афсоналарда Ҳумо гўзал қуш қиёфасидаги бахт, порлоқ тақдир ва бадавлатлик тимсоли ҳисобланган. “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonun 1991 yil 18 noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oʻtkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan. Davlat bayrogʻi va uning ramzi bugungi Oʻzbekiston sarhadida qadimda mavjud boʻlgan davlatlar bilan tarixan bogʻliqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy anʼanalarini oʻzida mujassamlashtiradi. 1. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrogʻining rangi ham moviy rangda edi. 2. Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi boʻlib, u kun charogʻonligi va koinot yoritqichlari bilan uygʻunlashib ketadi. Oq rang – poklik, begʻuborlik, soflikni, orzu va xayollar tozaligi, ichki goʻzallikka intilishning timsoli. 3. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U koʻpgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi. 4. Qizil chiziqlar – vujudimizda joʻshib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi. “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gimni toʻgʻrisida”gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zoʻr ehtirom bilan qarash Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir. Davlat madhiyasining soʻzi Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub, musiqasini esa bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov yozgan. Mutal Burhonov musiqasi Abdulla Oripov so'zi Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot, Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon! Yashnagay to abad ilmu fan, ijod, Shuhrating porlasin toki bor jahon! Naqarot: Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston, Ajdodlar mardona ruhi senga yor! Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon, Olamni mahliyo aylagan diyor! Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni, Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot! Istiqlol mash'ali tinchlik posboni, Xaqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod! Naqarot: Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston, Ajdodlar mardona ruhi senga yor! Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon, Olamni mahliyo aylagan diyor! Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling