Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


O’zbekiston va Qoraqalpog’iston qonunlarining munosabati


Download 1.28 Mb.
bet125/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

O’zbekiston va Qoraqalpog’iston qonunlarining munosabati

O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikalari huquqiy holati, bir-biri bilan munosabati asoslari Konstitutsiyaviy darajada tartibga solingan. Bu munosabatalarda O’zbekiston Konustitutsiyasi va qonunlarini Qoraqalpog’istonda amal qilish tartibi alohida ahamiyatga ega.


Konstitutsiyaning 15-moddasida “O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi” – deb belgilangan qoida Qoraqalpog’istonga ham taalluqlidir. CHunki Konstitutsiyaning 68-moddasida “O’zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasidan iborat” degan – qoida Qoraqalpog’iston o’z hududi bilan O’zbekistonning tarkibiy qismi ekanligini ko’rsatadi.
Demak shunday ekan O’zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlari Qoraqalpog’istonda ham ustuvor ekanligi, bajarilishi majburiy ekanligi qonuniydir.
Bu bajarilishi jihatdan O’zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarini Qoraqalpog’istonda ustunligini ko’rsatsa, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Konstitutsiyalari va qonunlari munosabatida Qoraqalpog’iston Konstitutsiyasi va qonunlari O’zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo’lmasligi qoidasini belgilanishida ham ko’rinadi.
O’zbekiston Konstitutsiyasining 16-moddasidagi “Birorta ham qonun yoki normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas” degan qoida O’zbekistonda, shu jumladan Qoraqalpog’istonda qabul qilinadigan har qanday normativ-huquqiy hujjatlarni O’zbekiston Konstittsiyasiga mos kelishi, unga zid bo’lmasligini nazarda tutadi.
Bu masala O’zbekiston Konstitutsiyasining 71-moddasida “Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi O’zbekiston Konstitutsiyasiga zid bo’lishi mumkin emas”, 72-moddasida esa “O’zbekiston Respublikasining qonunlari Qoraqalpog’iston Respublikasida hududida ham majburiydir” – degan qoidalar asosida hal qilingan.
O’zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarini Qoraqalpog’istonda ustunligi, so’zsiz bajarilishi, Qoraqalpog’iston Konstitutsiyasi va qonunlari O’zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo’lmasligini Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasida ham mustahkamlab qo’yilgan. Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstiutsiyasining 15-moddasida – Qoraqalpog’iston Respublikasida O’zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarini so’zsiz tan olinishi alohida belgilab qo’yilgan.
Yana shunga e’tibor berish kerakki, ayrim masalalarda Qoraqalpog’istonda maxsus Qoraqalpog’iston Respublikasi qonuni qabul qilinmasdan, masala O’zbekiston qonuni bilan tartibga solinaveradi. Masalan Qoraqalpog’iston Konstitutsiyasining 21-moddasida “Fuqarolikka ega bo’lishi va uni yo’qotishi asoslari hamda tartibi O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risidagi qonun bilan belgilanishi” – ko’rsatilgan.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling