Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat
Download 1.28 Mb.
|
Konstitutsiyaviy huquq Modul
3-masala.
Ellikqala tumandagi Qishloq xo’jaligi kasb xunar kollejida O’zbek milliy kurashi bo’yicha musobaqa o’tkazildi. Musobaqa boshlanishi chog’ida ko’tarilishi lozim bo’lgan Qoraqalpog’iston Respublikasi va O’zbekiston Respublikasining Davlat bayroqlari olib kelinganda, O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining o’lchami Qoraqalpog’iston Respublikasining Davlat bayrog’i o’lchamidan kichik ekan. Kollej direktori bu holatdan musobaqa boshlanishiga oz vaqt qolgan xabardor bo’lganligi bois, bu kamchilikni bartaraf etolmadi. Natijada o’lchamlari har xil bo’lgan Davlat bayroqlari ko’tarildi. Bu holatdan xabardor bo’lgan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari kollej direktorini Davlat bayrog’i to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybladi. Kollej direktori esa, bu bayroqlarni tavsiya etgan va keltirib bergan musobaqa tashkilotchilaridan biri bo’lgan tuman hokimiligini aybladi. Savol: Ushbu holatda haqiqatan ham Davlat bayrog’i to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilganmi? Kollej direktorining ushbu vaziyatdagi harakatlari qontsnga zidmi? Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining xatti-harakatlari qonuniymi? 4-masala. Fuqaro T. mast holda uyiga keldi. Bu vaqtni uning qo’shnisi rus millatiga mansub bo’lgan Ye. uyida yaqin qarindoshlari bilan oilaviy tadbir o’tkazayotgan edi. T. yuqori qavatda yashaganligi bois, birinchi qavatdagi Ye.ning uyi oldidan o’tishga majbur edi. SHu vaziyatda u pod’ez oldidagi noma’lum jismga oyog’i bilan tegib ketdi. Bu vaqtda Ye.ning tadbirida kutilmagan noxush vaziyat vujudga keldi. T.ning oyog’i tekkan jism rezina shlankda oqib turgan suv edi. Bu vaziyatda shlank ochilib suv mehmonlarga seplib ketdi kutarilgan shovqin T.ning g’ashiga tegdi va ularga qarata xaqoratomus so’zlar bilan so’kinib ketdi. Bu esa, ular o’rtasidagi janjalga sabab bo’ldi. SHu vaziyatda Ye.ning ichki ishlab xodimlarini chaqirdi. Ichki ishlar xodimlari T.ning harakatlarini mast holda jamoat tartibini buzish deb baholadi. Biroq Ye. bu vaziyatda diniy marosim o’tkazayotganligi bois, uning urf-odatlari va an’analarining buzilishi deb baholab sudga murojaat qildi. Savol: T.ning harakatlariga baho bering? Ushbu holatda mayda bezorilik sodir etildimi yoki urf-odatlarni taxqirlashmi? Diniy marosim urf-odat va an’ana bo’la oladimi? E.ning davosi o’rinlimi? 5-masala. Fuqaro D. bilet oliy maqsadida avia kassaga bordi. Kassa xodimasi D. bilan rus tilida murojaat qildi. D. rus tilini bilmaganligi bois, u bilan muloqot qilolmadi. Kassa xodimasiga o’zbek tilida so’zlash olishini aytganda, u faqat rus tilida so’zlasha olishini aytib kassani darchasini yopib qo’ydi. D. ushbu holat yuzasidan ma’muriyatga arz qilmoqchi bo’lganda, ma’muriyatdagilar “bizda qoida shunaqa” degan ma’noda uning murojaatini qanoatlantirishsiz qoldirishdi. Savol: Kassa xodimasining harakatlari qonuniymi? D.ning talabi va e’tirozi to’g’rimi? Ma’muriyatning xatti-harakatlariga baho bering? Ushbu holatda Konstitutsiyaning qaysi moddalari buzilmoqda? Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling