Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Konstitutsiyaviy tuzumga qarshi faoliyat yurituvchi birlashmalarni tuzishni taqiqlanishi


Download 1.28 Mb.
bet99/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Konstitutsiyaviy tuzumga qarshi faoliyat yurituvchi birlashmalarni tuzishni taqiqlanishi


Konstitutsiya faqat huquq va erkinliklarni mustahkamlab qolmasdan unda, taqiqlar, cheklashlar ham nazarda tutiladi. O’zbekiston Konstitutsiyasi ham shunday xususiyatlarga ega.
Konstitutsiyada ko’zda tutilgan taqiqlanishlar jamiyat, fuqarolar, davlat manfaatidan, ularni turli tazyiqlardan himoya qilish nuqtai nazaridan kelib chiqadi.
Jamiyat, fuqaro, davlat manfaatini himoya qilish, eng avvalo Konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish orqali amalga oshiriladi. Konstitutsiyaviy tuzumni barqarorligi, ko’p jihatdan jamoat birlashmalarining faoliyatiga bog’liq.
SHuning uchun Konstitutsiyaviy tuzumga, davlatga, jamiyatga, fuqarolar manfaatiga qarshi faoliyat yurituvchi jamoat birlashmalari tuzishga yo’l qo’yilmaydi, mavjudlari shunday faoliyat bilan shug’ullansa ularning faoliyati to’xtatiladi, tugatiladi. Bu masala O’zbekiston Konstitutsiyasida hal qilingan bo’lib, uning 57-moddasida, “Konstitutsiyaviy tuzumni zo’rlik bilan o’zgartirishni maqsad qilib qo’yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chikuvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi, xalqning sog’ligi va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi.
“Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi” – deb belgilangan.
Konstitutsiya konstitutsiyaviy tuzumni o’rnatish bilan, shu qonuniy tuzumni himoya qilish choralarini ham ko’radi. SHu maqsadda konstitutsiyaviy tuzumning asoslariga zarar yetkazish uchun qilingan har qanday harakat taqiqlanadi.
Konstitutsiyaviy tuzumning asoslaridan bo’lgan:
- davlat suverentit konstitutsiya bilan o’rnatilgan davlat boshqaruvi shakliga;
- inson uning qadr-qimmati, sha’ni va boshqa huquqlarining oliy qadriyat ekanligiga;
- millatlarning tengligi, xalq hokimiyatining turli shakllariga;
- mamlakatni iqtisodiy negiziga;
- konstitutsiya va qonunlarning ustunligiga qarshi, ularga xavf tug’diradigan har qanday uyushma, jamiyatlarni tuzishni taqiqlaydi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling