Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1. Konstitutsiyaviy huquq atamasi qanday ma’nolarda ishlatiladi?
2. Konstitutsiyaviy huquqning huquq sifatidagi tushunchasi qanday?
3. Konstitutsiyaviy huquqning huquq sifatidagi predmeti nima?
4. Nima uchun Konstitutsiyaviy huquq huquq tizimida yetakchi hisoblanadi?
5. Konstitutsiyaviy huquqni alohida huquq tarmog’i sifatida ko’rsatuvchi belgilari nimalar?
6. Konstitutsiyaviy huquq normalari nima?
7. Konstitutsiyaviy huquqiy institutlar nima?
8. Konstitutsiyaviy munosabatlar qanday munosabatlar va ularni sub’ektlari kimlar?
9. Konstitutsiyaviy huquqni manbalari nimalar?
10. Konstitutsiyaviy huquq tizimi qanday tuzilgan?
11. Konstitutsiyaviy huquq fani qanday fan va uning predmeti nima?
12. Konstitutsiyaviy huquq fanining vazifasi nimalardan iborat?
13. Konstitutsiyaviy huquq fanining boshqa fanlar bilan munosabati qanday?
Tayanch so’z va iboralar.
Konstitutsiyaviy huquqni umumiy tasnifi, huquqni huquq tizimidagi o’rni, huquqiy normalar, huquqiy institutlar, ijtimoiy munosabatlar, shaxsning huquqiy holati, fuqarolik, asosiy huquq va erkinliklar, burchlar, huquq va erkinliklar kafolatlari, konstitutsiyaviy huquqiy institutlari, huquqiy normalar, Prezidentlik instituti , Konstitutsiya, Konstitutsiyaviy qonun.
G L O S S A R I Y L A R.
1. Norma– lotinchada«qoida», «namuna» ma‘nosini anglatadi.
2. Odat huquqi–ma`lum davlat, joy yoki etnik va ijtimoiy guruhda takroriy qo‘llanishi natijasida yuzaga kelgan jamoat munosabatlarini boshqaruvchi yozilmagan axloq qoidalari majmui.
3. Suverenitet–terminiXVIasrdaFrantsiyada vujudgakelgan. Bu termin «Suverenitet»so‘zidankelibchiqib, aslida, oliyhokimiyategasideganma‘nonianglatadi, ya‘ni ichki va tashqi siyosatni o‘tkazishda mustaqil bo‘lish:regulyativ (tartibga solish, boshqarish);qo‘riqlash (saqlash, muhofaza qilish).
4. Yuridik faktlar–qonunda nazarda tutilgan va muayyan huquqiy munosabatlar yuzaga kelishi uchun asos bo‘lgan holatlar.
5. Yuridizatsiya–biron-bir faktlarga, munosabatlarga huquqiy tus berish.
6. Yurisprudentsiya–huquqshunoslik, yuridik fanlar majmuasi, yuristlarning amaliy faoliyati.
7. Yuristiktsiya–tegishli davlat organlarining huquqiy kelishmovchiliklarni va huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni hal etish,ya`ni shaxs yoki boshqa huquq sub`ekti harakatlarini ularning qonuniyligi nuqtai nazaridan baholash.
8. Huquq – davlat tomonidan o‘rnatilgan yoki ma‘qullangan va davlat tomonidan himoya qilinadigan umummajburiy xulq-atvor qoidalarining tizimi.
9. Huquq normasi – huquq tizimining birlamchi unsuri bo‘lib, u davlat tomonidan o‘rnatiladigan hokimiyat xarakteriga ega bo‘lgan xatti-harakat qoidasidir.
10. Huquq tarmog’i –bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar va huquq institutlarining alohida majmui.
11. Huquq tizimi –turli-tuman, lekin o‘zaro mustahkam aloqada bo‘lgan yuridik normalar yig‘indisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |