Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Download 1.28 Mb.
bet7/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

3. Konstitutsiyaviy huquq manbalari.

Konstitutsiyaviy-huquqiy turli shakllarda ifoda etilgan bo’lib, ular konstitutsiyaviy huquq manbalari hisoblanadi. Ular konstitutsiya, qonun, farmon va boshqa huquqiy hujjatlar ko’rinishida bo’lishi mumkin.


Konstitutsiyaviy huquq shakllari (manbalari) bir-biri bilan bog’liq va biri ikkinchisi uchun yuqori yuridik kuchga ega. Masalan, konstitutsiya boshqa qonunlar, farmonlar uchun yuqori yuridik kuchga ega bo’lsa, Prezident farmoni hukumat qarori uchun yuqori kuchga ega.
Konstitutsiyaviy huquq manbalarining har biri o’z vazifasiga ega va ular biri birining o’rnini egallashi mumkin emas. Boshqacha qilib aytganda Konstitutsiya bilan tartibga solinishi kerak bo’lgan masalani qonun bilan; farmon bilan yoki qonun bilan tartibga solinadigan masalalarni esa hukumat qarorlari bilan tartibga solib bo’lmaydi.
U yoki bu hujjatni huquq manbasi sifatida e’tirof etish ma’lum bir huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. CHunki bunday hujjat fuqaro uchun ma’lum huquqlarni yoki burchlarni o’rnatishi mumkin, fuqaro esa unga asosan o’z huquqini himoya qilishni talab qilishi mumkin.
Konstitutsiyaviy huquq manbalari orasida Konstitutsiya alohida o’rin egallaydi. CHunki Konstitutsiya faqat konstitutsiyaviy huquq manbasigina emas, balki boshqa huquqlar uchun ham manbadir. Konstitutsiyaning huquq manbalari orasida alohida mavqeini uning davlatning asosiy qonuni ekanligi ham belgilaydi.
Konstitutsiya eng muhim norma va printsiplarni o’rnatadi va keyinchalik ulardan boshqa huquqiy tartibga solishni shakllari o’sib chiqadi (turli sohadagi qonunlar, farmonlar). Ayrim Konstitutsiyaviy normalar to’g’ridan-to’g’ri amal qilib, qo’shimcha tartibga solishga muhtoj emas.
Masalan, Konstitutsiyaning 92-moddasiga binoan Prezident Oliy Majlis yig’ilishida qasamyod qabul qilgan paytdan boshlab o’z lavozimigz kirishgan hisoblanadi degan qoidani amalga oshirish uchun hech qanday qo’shimcha norma, hujjat zarur emas.
Konstitutsiya normalarining o’zgartirilishini alohida tartib va qoidalarning o’rnatilishi ham, Konstitutsiyaning huquq manbasi sifatidagi alohida maqomini ko’rsatadi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling