Davlat iqtisodiy siyosati


NIMA UCHUN AKSARIYAT MAMLAKATLAR XUSUSAN O‘ZBEKISTON inflatSION TARGETLASH REJIMINI TATBIQ ETMOQDA?


Download 40.86 Kb.
bet9/11
Sana03.06.2024
Hajmi40.86 Kb.
#1841672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
yHIoXj84HmolyPjhPVRNsuq3VPe5zhWQ3yTIiesC

NIMA UCHUN AKSARIYAT MAMLAKATLAR XUSUSAN O‘ZBEKISTON inflatSION TARGETLASH REJIMINI TATBIQ ETMOQDA?
Past darajadagi va prognoz qilinadigan (barqaror) inflatsiya mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sish uchun juda zaruriy omil hisoblanadi. Binobarin, inflatsion kutilma tijorat banklari tomonidan kredit ajratishda undagi foiz stavkasiga qo‘shiladi hamda yuqori inflatsion kutilma kredit foiz stavkasining yuqori bo‘lishiga olib keladi.
Tadbirkorlar qarz mablag‘ (kredit)lardan foydalanganliklari uchun hisoblangan foiz stavkalarining yuqori (yuqori inflatsiya ta’sirida) bo‘lishi, ularni qaytarish bilan bog‘liq to‘lovlarga ta’sir qiladi.
Agar foiz stavkalari (kredit uchun hisoblangan) yuqori bo‘lsa, tadbirkorlar kamroq kredit oladilar. Bu esa ularning investitsiyaviy qobiliyatiga ta’sir etgan holda, uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’'sir qiladi. Zero, biz bugun kiritayotgan investitsiyalar - ertangi kunda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish manbalarini yaratishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN INFLYASION TARGETLASH REJIMIGA BOSQICHMA-BOSQICH O‘TILAYOTGAN BO‘LIB, 2023-YILDA 5 FOIZ DARAJADAGI inflatSION MAQSAD (TARGET)GA ERISHISH REJALASHTIRILGAN.
Inflatsiyaning doimiy targetini belgilash va uni keng jamoatchilikka yetkazish (inflatsiya, uning omillari hamda ko‘zlangan inflatsion target haqida aholini muntazam ravishda xabardor qilish)
inflatsion jarayonlarni boshqarish va pul bozorida foiz stavkalarini tartibga solish maqsadida pul-kredit siyosati bo‘yicha instrumentlardan (REPO va valyutaviy SVOP auksionlari, depozit auksionlari, hamda Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha auksionlar) keng miqyosda foydalanish
Pul-kredit siyosati sohasida obyektiv qarorlar (xo‘jalik yurituvchi subyektlar holatini tahlil qilish: uy xo‘jaliklari sohasi, tadbirkorlik sohasi, davlat boshqaruvi sohasi va tashqi dunyo) qabul qilish uchun batafsil makroiqtisodiy tahlil qilish hamda ichki va tashqi bozorlarda mavjud bo‘lgan ochiq ma’lumotlarni hisobga olgan holda prognozlash
Pul-kredit siyosati maqsadlari (narxlar barqarorligi, kreditlarning ommabopligi, past darajadagi inflatsiya, aholining milliy valyutaga bo‘lgan ishonchini oshirish va hokazo)ni keng jamoatchilikka yetkazish uchun kommunikasiyaviy siyosatni takomillashtirish, makroiqtisodiy holatni prognoz qilish imkoniyatini ta’minlash hamda bozor ishtirokchilari ishonchini shakllantirish
Inflatsion targetlash rejimi qanday amalga oshiriladi?
Markaziy bank boshchiligida hamda keng tarmoqli mustaqil tijorat va xususiy banklar ikki bosqichli tizimini vujudga keltirish, respublika hududida yirik chet el banklarining bo‘limlari hamda vakolatxonalarini ochish uchun qulay sharoitlarni yaratish
barqaror pul muomalasini ta’minlash, kredit va naqd pul emissiyasi, jami pul massasining asossiz o‘sishini keskin cheklash
O‘zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kiritish uchun zarur iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar hamda imkoniyatlarni yaratish
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida kredit-pul siyosati sohasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish asosiy vazifalar qilib belgilandi

Download 40.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling