Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti “Yangi yil” tadbirini o’tkazilishi yuzasidan hisobot


Download 27.95 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi27.95 Kb.
#1596629
  1   2   3
Bog'liq
bayram hisobotlari


___-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti “Yangi yil” tadbirini o’tkazilishi yuzasidan
H I S O B O T .
Yangi yil- nafaqat bolalar, hatto kattalar ham niyatlari ijobat bo’lishiga ishonadigan ertakmonand bayram. Lekin u, ayniqsa bolajonlarga katta quvonch ulashadi. Axir bu kunda bolalik atalmish ertakning bosh qaxramoni – Qorbobo bilan uchrashadida.
___-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2023 yilni kutib olish uchun alohida tayyorgarlik ko’rildi. Tashkilotning binosi va guruh xonalari, musiqa zali bayramga bag’ishlangan plakat, stentlar, bayramona bezaklar bilan bezatildi. Tashkilot tarbiyachilari bayram dasturini bolalarga uzoq vaqt davomida ular yodida qoladigan yuksak darajada tashkil etishga harakat qilindi.
Chiroyli qish tavirini beruvchi bezaklar bilan bezatilgan musiqa zali bolajonlar bilan yanada o’zgacha bo’ldi.
Tadbirni tashkilot mudirasi _____________________ ochib , barchani kirib kelayotgan yangi 2023 yil bilan tabrikladi.
Shundan so’ng davraga musiqa sadolari ostida kichik, o’rta , katta, guruh tarbiyalanuvchilari tarbiyachilari bilan kirib kelishdi. Archa atrofida Qorbobo, Qorqiz, ertak qahramaonlaridan ayiqpolvon, quyoncha tulkivoy va albatta Yalmog’iz kampir bolajonlarni davrada o’ynab quvnashlari uchun alohida kasb etdi. Yalmog’izni she’ru qo’shiqlarda, topishmoqlarda lol qoldirgan bolajonlar Qorqizni qutqarib oldilar.
Bolalarning eng muhim ishlari o’yinlar o’ynash bo’lganligi uchun ular o’rtasida “Bayram” va “Qorparchasi” nomli o’yinlar o’ynatildi. O’yin davomidag’olib chiqqan bolajonlar Qorbobodan sovg’alar oldilar.
Guruh tarbiyachilaridan ___________________ , _______________, ___________________, musiqa raxbari __________________ bayramni tashkillashda jonbozlik ko’rsatdilar.
Tadbirni o’tkazish jarayonida tadbir o’tkaziladigan joyning yong’in hafsizligiga, karantin qoidalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirni o’takazish jarayonida tashkilot Kuzatuv kengashi a’zolari faol ishtirok etdilar.
Yangi yil bayram tadbiri bolajonlarning quvnoq o’yinlari sho’x qo’shiq va raqslari bilan ko’tarinki ruxda o’tdi .
___-sonli DMTT direktori: ___________________


Download 27.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling