Budjetnoma: - mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o’tgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosini;
- Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar
- prognozini;
- Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari joriy yildagi ijrosining prognoz bahosini;
- soliq va budjet siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihasini;
- Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihasini;
- davlat qarzining holati to’g’risidagi ma’lumotlarni;
- soliq va budjet siyosatining asosiy yo’nalishlari, O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihasiga doir tushuntirish xatini o’z ichiga oladi.
3. Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarini ko’rib chiqish, qabul qilish va tasdiqlash - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan budjetnoma O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko’rib chiqiladi.
- O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari navbatdagi yil uchun Davlat budjetini, davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarini hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo’nalishlarini qabul qiladi.
Davlat budjeti to’g’risidagi qarorlarini ijro etish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilinadi, unda - asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi;
- Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining asosiy parametrlari;
- Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori miqdori va uni qoplash manbalari;
- davlat maqsadli jamg’armalarining asosiy parametrlari;
- soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalari miqdorlari;
- Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlari, O’zbekiston
- Respublikasining respublika budjetidan subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalarning cheklangan miqdorlari;
- umumdavlat soliqlari tushumlaridan Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratmalarning normativlari;
- O’zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari aylanma kassa mablag’larining yo’l qo’yiladigan eng kam miqdorlari;
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg’armasining, Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamg’armalari miqdorlari tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |