Davlat moliya tizimi, uning tarkibi va tuzilishi


Download 35.98 Kb.
bet1/6
Sana29.09.2023
Hajmi35.98 Kb.
#1689915
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
DAVLAT MOLIYA TIZIMI, UNING TARKIBI VA TUZILISHI


DAVLAT MOLIYA TIZIMI, UNING TARKIBI VA TUZILISHI
KIRISH.
ASOSIY QISM
KIRISH
1. Davlat moliya tizimining nazariy asoslari.
2. Moliya tizimi va uning tarkibiy bo'g'inlari tahlili.
3. Davlat moliya tizimini takomillashtirish va rivojlantirish istiqbollari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.


KIRISH
2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha harakatlar strategiyasining “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” va “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” da amalga oshirish davlat dasturiga muvofiq mamlakatimiz iqtisodiyoti, moliya tizimi, ijtimoiy soha va davlat boshqaruviga zamonaviy ilm-fan yutuqlari, innovatsion g`oy ava texnologiyalarni joriy etish bo`yicha kompleks chota-tadbirlar amalga oshirilishi belgilanganligini ta’kidlab o`tish lozim. Ana shu vazifalar sirasiga moliya tizimini isloh qilish hamda mazkur sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish ham kiradi. Batafsilroq to`xtaladigan bo`lsak, moliyaviy muassasalar faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiq yanada takomillashtirish, ko`rsatilinayotgan moliyaviy xizmatlar hajmini yanada kengaytirish hamda aholining ishonchini oshirishga alohida e’tibor qaratilinayapti. Qimmatli qog`ozlar bozorini rivojlantirish, takomillashtirish bilan bog`liq dolzarb masalalarga qaraydigan bo`lsak, 2009-2011 yillarda chiqarilgan davlat qimmatli qog`ozlarining foiz stavkalari o`rtacha 5,8 foizni tashkil qilmoqda, vaholanki, o`sha davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi 12-14 foizga teng bo`lgan. 1 Boshqacha aytganda, qimmatli qog`ozlar jozibadorligi zaif. Doimiy va barqaror ishlayotgan davlat qimmatli qog`ozlar bozori nafaqat budjet tanqisligini qoplash, balki mamlakat moliya bozorini rivojlantirish va investitsion loyihalarni moliyalashtirishning muhim manbai hisoblanadi. Shuning uchun uni taraqqiy ettirish bo`yicha muayyan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
Bozor munosabatlari sharoitida bank-moliya tizimidagi islohotlarning o`rni va ahamiyati yuqoriligini ta’kidlash lozim. Shu sababli, bank, sug`urta tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, so`mning barqarorligi va yuksak nufuzini ta’minlash sohasidagi muammolarni o`rganish, shuningdek, tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va tavsiyalarni ishlab chiqish o`ta dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida moliya tizimidagi islohotlarning o`rni va ahamiyati yuqoriligini ta’kidlash lozim. Shu sababli, bank, sug`urta tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, so`mning barqarorligi va yuksak nufuzini ta’minlash sohasidagi muammolarni o`rganish, shuningdek, tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va tavsiyalarni ishlab chiqish o`ta dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu munosabatlarni tartibga solishga, albatta, moliyaviy-huquqiy normalar orqali erishish mumkin. Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitlarida davlat moliya tizimi tuzilmasida jiddiy o`zgarishlar yuz berdi. Unda yangi elementlar paydo bo`lib, ularsiz bozor va, shu jumladan moliya mexanizmining normal ishlashi amalda mumkin emas. Bu yerda gap davlat moliya tizimining shunday elementlari haqida ketyaptiki, bular davlat budjetdan tashqari jamg`armalari, qimmatli qog`ozlardir. Shu munosabat bilan huquqiy munosabatlarning yangi turlari vujudga kelmoqda, ular ajratilmasa, ko`rib chiqilayotgan moliyaviy-huquqiy munosabatlar to`liq bo`lmasligi mumkin.
Sug`urta O`zbekiston Respublikasi moliya tizimining mustaqil bo`g`inlaridan biri hisoblanadi va u ikki shaklda: ijtimoiy sug`urta va shaxsiy sug`urta shaklida namoyon bo`ladi. Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi, turli mulk shakllariga asoslangan korxonalarning tashkil topishi jarayonida ijtimoiy sug`urta – davlat ijtimoiy sug`urtasiga va nodavlat ijtimoiy sug`urtasiga bo`lindi.


Download 35.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling