Davlat moliyasi va uning ahamiyati


TMKlarning xalqaro moliyaviy menejmenti


Download 44.94 Kb.
bet9/9
Sana18.12.2022
Hajmi44.94 Kb.
#1030452
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
cUQNpB tRC0Ah6JF57oPV8Vw-ka40KzY

TMKlarning xalqaro moliyaviy menejmenti, bunda transmilliy moliyalashtirish, risklarni boshqarish, xalqaro investitsiyalash jarayoni asosiy o’ringa chiqadi.
Xalqaro moliya munosabatlari shakllanishi va rivojlanishining asosiy omillari quyidagilardan iborat:

  • Jahon bozorlarining vujudga kelishi, ayniqsa tovar bozorlari

  • Xalqaro mehnat taqsimoti

  • Iqtisodiy aloqalarning baynalmilallashuvi va globallashuvi

  • Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda integratsiya jarayonlarining kuchayishi

  • Ilmiy-texnika taraqqiyoti

  • Xalqaro moliya munosabatlarining ko’p tomonlama tartibga solish tizimini takomillashtirilishi

  • Jahon iqtisodiyotida global muammolarning keskinlashuvi.



XULOSA
Davlat moliyasining iqtisodiy mohiyati turli tuman talqin qilinadigan bo’lib, uning tarkibida aloxida o’zaro bog‘liq bo’g‘inlar mavjud bo’lib, ularning har biri o’ziga xos funksiyalarni bajaradi. Davlat moliyasining tarkibiga quyidagilar kiritiladi: Davlat boshqaruvning turli darajalarida shakllantiriladigan budjet munosabatlari, budjetdan tashqari fondlar, davlat krediti munosabatlari, davlat korxonalari moliyasi. Yuqorida sanab o‘tilgan davlat moliyasi bo’g‘inlarining funksional vazifalari yordamida davlat iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlariga keng ta’sir qiladi, tarmoq va xududiy muammolarni xal qilish imkoniyatlariga ega bo’ladi.
Davlat moliyasi davlatning umumiy daromadlarini shakllantirish va davlat xarajatlari yo‘nalishi o’z ichiga oluvchi qiymat taqsimot munosabatlarini o’zida aks ettiradi.
Agar mamlakat miqyosidagi ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni boshqarish darajasiga asoslangan holda davlat moliyasini guruxlanishida davlatlarning siyosiy tuzilishi va davlat boshqaruvi asosiy omil hisoblanadi. Chunonchi, mamlakatlarning siyosiy tuzilishi va boshqaruv tuzilmasi nuqtai nazaridan federativ, konfederativ va unitar kabi turlarga ajratishimiz mumkin.
Taniqli rossiyalik moliyachi V.Rodionovaning fikricha Federativ mamlakatlarda davlat moliyasi ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan boshqarish darajasi nuqtai nazaridan 3 asosiy bo’g’inga: Federal moliya, federatsiya subyektlari moliyasi va mahalliy moliyaga bo’linishini ta’kidlaydi.
Unitar mamlakatlarda yaxlit davlat boshqaruvi tizimi shakllantirilgan bo’lib davlat moliyasi ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni davlat boshqaruv darajasi nuqtai nazaridan 2 turga ya’ni markaziy moliya va mahalliy moliyaga bo’linadi.
O’zbekiston Respublikasi davlat moliyasi yuqorida aytib o‘tilgan sifat belgilariga ko’ra ham 2 turga ya’ni markaziy moliya va mahalliy moliyaga bo’linadi. Markaziy moliya respublika budjeti, budjetdan tashqari fondlar, davlat krediti va markaziy xukumat ixtiyoridagi davlat korxonalari moliyasini o’z ichiga oladi. Mahalliy moliyaning markaziy bo’g‘inini mahalliy budjetlar tashkil qiladi. Mahalliy budjetlar mahalliy xokimiyat organlarinig boshqaruv vakolatlari darajasida ehtiyoj sezuvchi markazlashtirilgan moliyaviy resurslarni jalb qilish bilan bog‘liq imperativ pul munosabatlari tizimi hisoblanadi. Mahalliy kredit munosabatlari hozircha Respublikamizda shakllantirilgani yo’q. Buning asosiy sabablaridan biri O’zbekiston respublikasi budjet tizimi to’g‘risidagi qonunning 24-moddasiga muvofiq mahalliy budjetlar kamomad bilan ijro qilinishi mumkin emas va ularning kamomadlari respublika budjetidan ajratiladigan moliyaviy yordam usullari vositasida qoplanadi. Umuman, markaziy va mahalliy xokimiyat organlarining jamiyatdagi bir butun ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni boshqarishdagi vakolatlariga asoslangan holda ular budjet usulida moliyaviy resurslar shakllantiriladi.
Download 44.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling