Davlat moliyasini boshqarish


III BOB AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA MOLIYAVIY MENEJMENTNI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI


Download 0.53 Mb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1602980
1   2   3   4
Bog'liq
DMB kurs ishi

III BOB AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA MOLIYAVIY MENEJMENTNI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI
3.1. Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy risklarni boshqarish…
3.2. Aksiyadorlik jamiyatlarida debitorlik va kreditorlik qarzlarining mohiyati va ularni boshqarish……………….
3.3. Aksiyadorlik jamiyatlarida inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruvni tashkil etish…………………………………….


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
O’zbekiston Respublikasida aksiyadorlik jamiyatlarida samarali boshqarish tizimini tashkil etishda moliyaviy menejmentni takomillashtirish yo’llari va moliyaviy boshqaruv standartlarini kiritishda rag’batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlar va yuksak texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalarni yanada rivojlantirish dasturidagi vazifalaridan kelib chiqqan holda aksiyadorlik jamiyatlariga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, investitsiyalarni jalb etish, innovatsion jarayonlarni rivojlantirish moliyaviy boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish zarurligini ko’rsatmoqda.
Shunday ekan, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarda moliyaviy boshqaruv tizimini tashkil etish hamda ushbu tizimni takomillashtirish yo’llarini o’rganish muhim vazifalardan biri sanaladi. Mamlakatimiz iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishida muhim omillar, ishlab chiqarish hajmining o’sishi, pul qadrsizlanishini pasaytirish, eksport hajmini oshirish va boshqa shu kabi makroiqtisodiy o’sishni ta’minlash bilan birga respublikamizda faoliyat yuritayotgan har bir korxona, firma, kompaniyalarning ham xo’jalik subyekti sifatida rivojlantirishni taqazo etadi.
O’z navbatida, korxonalar oldida turgan asosiy maqsad o’z faoliyatini samarali tashkil qilish, kam mehnat sarflagan holda, ko’proq va sifatli mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko’rsatish, iste’molchilarning talab va ehtyojlarini to’la qondirish va shu asosda foyda olishdan iborat.
Ta’kidlash kerakki, bozor munosabatlari sharoitida korxona, firma va kompaniyalarning moliyaviy boshqaruv tizimiga mustaqil va moliyaviy barqaror faoliyat ko’rsatishlari, ularda boshqaruvni to’g’ri tashkil qilish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni oqilona yo‘lga qo‘yish, fan va texnika yangiliklaridan, yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish, moliyaviy menejment ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kabi bir qator omillarga bog‘liq.
Aksiyadorlik jamiyatlariga hukumatmiz tomonidan berilgan imkoniyatlardan foydalanish bevosita korxonalar moliyasini samarali tashkil etish, moliyaviy munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yish va bu bo’yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqordagilardan keltirib o’tilgan jihatlar kurs ishi mavzusi dolzarbligini belgilab beradi.
Kurs ishning maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi asosiy vazifalar belgilangan, ya’ni, bular: korxonalar moliyasining mohiyati va uning korxona va davlat uchun ahamiyatini o’rganish, korxonalar moliyasini tashkil etish mexanizmini o’rganish, korxonalar moliyasida pul fondlarining mohiyati va ahamiyatini o’rganish, korxonalarda pul oqimlari holatini tahlil qilish va bu bo’yicha xulosalar chiqarish, korxonalar moliyasiga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish, korxonalar moliyasining amaldagi holatini tahlil etish va korxonalar moliyasini samarali tashkil etish yuzasidan nazariy va amaliy yondashilgan. Ushbu ishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, u mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlarining innovatsion faoliyatini moliyaviy rag‘batlantirish jarayonining takomillashuviga xizmat qiladi.



  1. Download 0.53 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling