Davlat moliyaviy nazorati sohasida xorijiy mamlakatlar
Download 456.6 Kb. Pdf ko'rish
|
XORIJ TAJRIBASI
Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 4-son 346 parlament qo‘mitasi hujjatni ko‘rib chiqadi, shun- dan so‘ng Riksdag bu borada qaror qabul qiladi. Shunday qilib, tahlil qilinayotgan mamlakat- larning oliy nazorat organlari o‘z faoliyatida musta- qil bo‘lib, tejamkorlik va faoliyat samaradorligi ta- moyillariga amal qiladilar, bu qoida tariqasida, sarf- langan mablag‘lar va oliy nazorat organlarining tav- siyalariga amal qilish natijasida olingan daromadlar darajasini taqqoslash yo‘li bilan baholanadi. Barcha mamlakatlarda tahlil qilinayotgan organlarning aso- siy faoliyat yo‘nalishlari moliyaviy va samaradorlik auditi hisoblanadi. Tahlil qilinayotgan mamlakatlarda parlament va hukumat organlari tomonidan samarali moliya- viy nazoratni amalga oshirish tizimi yaratilgan. Frantsiyada moliyaviy nazoratning idoralar- aro yo‘nalishi vazirliklarda markaziy va hududiy bo‘linmalar faoliyati samaradorligini baholovchi na- zorat inspektsiyalari tomonidan taqdim etiladi. Masalan, Moliya bosh inspektsiyasi keng vakolatlar- ga ega va nafaqat moliya vazirligi, balki davlat tomonidan moliyalashtiriladigan barcha tashkilotlar (ham davlat, ham xususiy) faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega. Moliya bosh inspektsiyasi xodimlari- ning vakolatiga davlat buxgalterlari faoliyatini nazo- rat qilish ham kiradi. Shu munosabat bilan, “maxsus unvonlarga ega bo‘lgan moliya inspektorlarining ma’muriy maqomi juda yuqori” (Godin va boshqa- lar, 2010). Bundan tashqari, Moliya bosh inspek- siyasi hukumatga iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo‘yicha maslahat beradi va turli qo‘mitalar, ishchi guruhlar va xalqaro tashkilotlarga yordam beradi . Germaniyada hukumat ustidan nazoratni amalga oshirishda Bundestagning Byudjet qo‘mitasi asosiy rol o‘ynaydi. Uning vakillari byudjet ijrosi masalalari bo‘yicha hukumat yig'ilishlarida qatna- shadilar, federal byudjetning ijrosi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradilar, shu jumladan moliya vazirligining har chorakda amalga oshirilgan xara- jatlar to‘g‘risidagi hisobotini ko‘rib chiqadilar va hokazo. Keyingi moliyaviy nazoratni Byudjet qo‘mi- tasi tarkibiga kiruvchi Taftish komissiyasi amalga oshiradi (Golovin, 2007). Hukumatning moliyaviy nazorati funksiyalarini Kansler huzuridagi iqtisodiy bo‘linma ham amalga oshiradi. Qo‘shma Shtatlar agentliklari va muassasala- rida inspeksiya xizmatlari (bosh inspektor bo‘limla- ri) tashkil etilgan. Xizmatlar faoliyati vazirlik das- turlari va faoliyatini tekshirish va ko‘rib chiqish, jumladan, dasturlar natijalarini, axborot texnolo- giyalari xavfsizligini ta’minlash, qonunlar va me’yo- riy hujjatlarga rioya etilishini, moliyaviy hisobotlar- ning ishonchliligini tekshirish; firibgarlik va suiste’- mollik haqidagi da’volarni tekshirish; dasturlarning samaradorligini va tejamkorligi baholashga; AQSh Kongressi Bosh inspektori faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot berish va boshqalarga qaratilgan. Har yili boʻlimlar vazirlik dasturlari boʻyicha risklarni baho- lashni oʻtkazadi va shu asosda kelgusi moliyaviy yil uchun audit rejasini ishlab chiqadi. Buyuk Britaniyada Jamoatlar palatasi vazir- liklar tomonidan taqdim etilgan xarajatlar smetasini ko‘rib chiqish va davlat xarajatlarini nazorat qilish qo‘mitasi (Public Account Committee) tomonidan xarajatlar hisobotlarini ko‘rib chiqish orqali davlat mablag‘larining sarflanishi ustidan nazoratni amal- ga oshiradi (Bogov, 2011). Buyuk Britaniya g'azna- chiligi ma'muriy moliyaviy nazoratni amalga oshi- rish bo‘yicha parlamentda hukumat manfaatlarini ifodalaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, parla- ment nazorati, uni amalga oshirish shaklidan qat’iy nazar (bevosita yoki qo‘mitalar orqali) davlat byud- jeti siyosatini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega degan xulosaga kelish mumkin. Shu bilan birga, Moliya vazirligi va ixtisoslashtirilgan qo‘mitalar (Germaniya kansleri huzuridagi Iqtisodiy bo‘linma, Frantsiyadagi davlat vazirliklararo inspeksiyalari, AQSh Prezidenti huzuridagi ma’muriy byudjet bosh- qarmasi) davlat moliyaviy nazoratini amalga oshi- rishda asosiy rol o‘ynaydi . Download 456.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling