Davlat mulkini xususiylashtirishni boshqarish – iqtisodiyotni tartibga solish vositasi


Download 22.45 Kb.
bet4/4
Sana16.11.2023
Hajmi22.45 Kb.
#1781684
1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu matn

to’rtinchi bosqichi (1998-2003yillar)ning asosiy vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag’larni yo’naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilikning yangi munosabatlarini to’laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish belgilandi. Mamlakatimizdagi davlat korxonalarini xususiylashtirishning 1995-2003 yillardagi asosiy natijalarini 1-jadval orqali kuzatish mumkin.

O’zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining hozirgi – beshinchi bosqichi O’zbekiston Respublikasi ‘rezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni bilan bog’liq. Mazkur Farmon asosida iqtisodiy nochor korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan obhektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang’ich narxlarini sekin-asta ‘asaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va ‘ast likvidli obhektlarni nolg’ darajadagi xarid qiymati bo’yicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi.




Xulosa
Mulkchilik munosabatlari – shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o’zida ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o’rtasidagi munosabatlar majmuasidir. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy ne’matlarni o’zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o’zida aks ettiradi. Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu obyektni o’zlashtirish va foydalanish borasida subyektlar o’rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy mazmuni subyektning obyektga nisbatan bo’lgan munosabatini aks ettiradi.


Download 22.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling