Davlat mulkini xususiylashtirishni boshqarish – iqtisodiyotni tartibga solish vositasi
Download 22.45 Kb.
|
4-mavzu matn
ikkinchi bosqich 1994-1995 yillarga to’g’ri keldi. Bu bosqichda ko’’lab o’rta va yirik korxonalar aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning aksiyalari Respublika qimmatli qog’ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki aktsiyadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalarini tashkil qilish jadallashtirildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning bu bosqichida ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko’chmas mulk va qimmatli qog’ozlar bozorining yangi muassasalari bar’o etildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo’sh turgan mablag’larini o’ziga jalb qilib, ularning bozorga tazyiqini ‘asaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablag’larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu yerda shuni tahkidlash lozimki, xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo’lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo’li emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil koo’erativlar, shirkatlar, mashuliyati cheklangan jamiyatlar ko’rinishidagi kichik va o’rta korxonalarni tashkil qilish – ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi.
Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga kirdi. Bu bosqich davrida (1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan obhektlar ro’yxatiga kirmagan barcha obhekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi. Natijada 1997 yilda savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish mahsulotlarining 95 foizdan ortiqrog’i davlatga qarashli bo’lmagan sektorga to’g’ri keldi. Uy joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo’lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uyjoy fondining 95 foizdan ortiqrog’i fuqarolarning shaxsiy mulki bo’lib qoldi. Xususiylashtirish jarayonlarining Download 22.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling