Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini yanada samaraliroq


Savollar:  1. Mazkur kazus bilan tanishib chiqib, uning mazmunining Davlat va


Download 213.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana03.02.2023
Hajmi213.48 Kb.
#1151156
1   2   3
Bog'liq
KAZUS 1

Savollar: 
1. Mazkur kazus bilan tanishib chiqib, uning mazmunining Davlat va 
huquq nazariyasi modulining qaysi mavzusiga taalluqliligini 
angladingiz? O‘z fikringizni mazkur kazusdagi masalarga tayanib 
asoslang. 
2. Davlat organlari ochiqligi mamlakat uchun qanday afzalliklarni 
keltirishini tushuntirib bering. Fikringizga argumentlar keltiring. 



3. Kazusda tahlil qilingan qonunosti hujjatlari bilan va “ Davlat hokimiyati 
va boshqaruv organlarining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonunini qisqacha qiyosiy tahlil qiling. 
4. Mazkur kazus mazmunidan O‘zbekiston Respublikasi boshqaruv 
shakliga oid xulosalar chiqarish mumkinmi? Fikringizni asoslang. 
5. “ Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqga xizmat qilishi 
kerak!” prinspini qisqacha tahlil qiling. 
 
 
Davlat va huquq nazariyasi fanini o‘rganar ekanmiz dastlab, davlatning 
tuzilishi, siyosiy rejimi, davlat tipologiyasi va boshqaruv shakllari umuman olganda 
davlatga xos bo‘lgan barcha belgilarni tahlil qilgan holda bilim va 
ko‘nikmalarimizni oshirib boramiz. Bu jarayonda esa davlat mexanizmi nomli 
qismda davlat boshqaruvi, davlat organlari tizimi haqida batafsil ma’lumotlar 
berilgan. 
Huquqshunos olim Saydullayev. Sh.A fikriga ko‘ra: 
Davlat organi – bu qonuniy asosda tashkil etiladigan, davlat hokimiyatini amalga 
oshirishda muayyan vakolatga ega bo‘lgan, davlat apparatining mustaqil 
bo‘g‘inidir
1

Davlat organlari tashkil etish va faoliyatini amalga oshirish quyidagi tamoyillardan 
iborat: 
- Mamlakatning barcha aholisi manfaatlarini birdek himoya qilish; 
- Davlat organlarini tashkil etishda demokratizm an’analariga sodiq qolish; 
- Professionalism va shu jumladan, kasb etikasi qoidalariga qat’iy rioya qilish; 
- Oshkoralik, ya’ni davlat huquqiy jarayonlarida bo‘layotgan hodisalardan 
barcha aholining birdek xabardorligi; 
1
Saydullayev. Sh.A Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. Toshkent. TDYU. 2022. 86-bet. 



- Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanganligi va boshqalar. 
Kazusga tayanib fikrimizni asoslaydigan bo‘lsak, aynan, oshkoralik prinspiga 
ko‘ra davlat organlari faoliayti balki, ustav fondida (ustav kapitali) davlatning ulushi 
50 foiz va undan ortiq bo‘lgantashkilotlar va yuridik shaxslarning faoliyatida 
ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni ochiq portalga joylash tushuniladi. Bu 
prinsp asosida esa davlat organi va tashkilotlari faoliyati va ijtimoiy ahamiyatga 
molik ma’lumotlarni aholi qatlamlariga birdek yetkazish, davlat budjetidan amalga 
oshirilayotgan va tashqi qarzlar yo‘naltirilgan sohalar, davlat aktivlarini boshqarish, 
xususiylashtirish kabi barcha bilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni tezkor va ochiq 
holda yetkazilishini ta’minlanadi. 
Ikkinchi savolga to‘xtaladigan bo‘lsak: avvalo davlat organlari faoliyatida 
ochiqlik prinspi demokratik boshqaruv shaklidagi davlatlarda juda muhim 
sohalarning rivojlanishiga olib keladi. Davlat organlarining faoliyatida ochiqlik 
prinspi O‘zbekiston Respublikasining “Butunjahon ochiqlik indeksi”dagi o‘nini 
oshirish va bu bilan fuqarolarning davlat organlari faoliyatiga doir bilimlarini 
oshirish, davlat organlari faoliyatiga doir masalalarda nigilizmni bartaraf etish, 
korrupsiyaga qarshi kurashish kabi davlatizmi uchun foydali jihatlari mavjud. 
Masalan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligida ijtimoiy ahamiyatga molik 
ma’lumotlarning portalga joylashtirilishi davlat mulkining oldi-soti, ijara va 
xususiylashtirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan aholi orasidagi konfliktlarni bartaraf etadi. 
Buning barobarida davlat mulki hisoblagan va xususiylashtirish bosqichida bo‘lgan 
tashkilot, korxonalarni ochiqlik va shaffoflik asosida halol raqobat bilan 
rivojlantirishga tayyor investorlar balki mahalliy tadbirkorlarning ishonchini 
oshiradi. Buning natijasi o‘laroq davlatning iqtisodiy holatining yuksalishiga olib 
keladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar mahkamasi hujjatlari bilan 
soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalari, shu jumladan, individual 
imtiyozlar berilgan subyektlarning yakuniy manfaatdor jismoniy shaxslari, ular 
tomonidan to‘lanadigan soliqlar va moliyaviy ko‘rsatgichlarining ham ushbu ochiq 



portalga joylashtirilishi soliq va bojxona organlari faoliyatini yanada 
takomillashtrish bilan bir qatorda maxsus imtiyoz berilgan korxonalarning majburiy 
soliqlar to‘lash majburiyatini ham qamrab olgan. 
Ushbu misollardan umumlashtiruvchi xulosa esa har bir davlat organi va 
muassasalari ochiqlik portaliga joylashtirgan ma’lumotlari yuzasidan har chorakda 
bir marta jamoatchilik yig‘ilishida axborot berishlari ushbu jarayonda jamoatchilik 
ishtirokini ham ta’minlaydi. 
Berilgan kazus yuzasidan uchinchi savolga javob beradigan bo‘lsak: “ Davlat 
hokimiyati va boshqaruv organlarining ochiqligi to‘g‘risida” O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuni ushbu vazifani bajaruvchi qolgan barcha qonunosti hujjatlari 
uchun o‘ziga xos yo‘riqnoma hisoblanadi. Qonunosti hujjatlarida faqat biror bir 
belgilangan davlat organi faoliyatini tartibga solishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. 
Ushbu qonunda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini ochiqligini 
ta’minlashninga asosiy prinsplari va shart-sharoitlari yoritilgan bo‘lib, ba’zi istisno 
holatlari ham sanab o‘tilgan. Bu istisno esa faqat davlat siri yoki qonun bilan 
qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar jumlasiga kiritilgan bo‘lsa, 
cheklab qo‘yiladi. “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining ochiqligi 
to‘g‘risida”gi Qonunda ochiqlikni ta’minlash va tarqatish, e’lon qilish uchun barcha 
zaruriy choralar e’tiborga olingan. Masalan, ushbu ma’lumotlarni e’lon qilish rasmiy 
veb-saytlar va ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilishi va davlat 
organlari haqidagi dastlabki ochiq ma’lumotlar ushbu organ binosining hamma 
ko‘rishi mumkin bo‘lgan xonalarida yozilgan bo‘lishini ta’minlash nazarda tutilgan. 
To‘rtinchi savolga to‘xtalib o‘tsak: mazkur kazus mazmunidan O‘zbekiston 
Respublikasi boshqaruv shakliga oid ayrim belgilar namoyon bo‘lishi mumkin. 
Chunki, davlat organlari va tashkilotlar, davlat ishtiroki mavjud bo‘lgan yuridik 
shaxslarning ma’lumotlari faqatgina demokratizm an’analariga amal qiladigan 
respublika boshqaruv shakliga ega bo‘lgan davlatlardagina qabul qilinadi. Bundan 
tashqari ochiq portalga ma’lumotlarning joylanishi Bojxona qo‘mitasi, Adliya 
vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Moliya vazirligi, Davlat 



aktivlarini boshqarish agentligi kabi tashkilotlarda amalga oshirilishi, davlatning 
tashqi qarzi sarf etilayotgan sohalar haqida ham ma’lumotlar yuklanib borishi va 
jamoatchilik fikri uchun e’lon qilinishi bosqichlariga ko‘ra respublika tuzumidagi 
demokratik davlat ekanligini e’tirof etadi. 
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida shakllantirilgan davlat 
mexanizmi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalarda faoliyat yurituvchi davlat 
organlari, davlat korxonalari, davlat tashkilotlari va muassasalaridan tashkil topgan. 
Davlat organining barcha bo‘g‘inlari xalq manfaati uchun xizmat qiladi. Bundan 
tashqari, Konstitutsiyamizda ham xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir 
deb e’tirof etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan joylarda tashkil etilgan 
dastlab Xalq qabulxonalari, keyinchalik Tezkor davlatlari xizmatlari agentligi 
aholini murojaatlari bilan ishlashda rasmiyatchilik, qog‘ozbozlik kabi qusurlani 
bartaraf etishga xizmat qilib, yillar davomida fuqarolarni qiynab kelgan muammo 
va kamchiliklarni samarali, tez va oson hal etish imkonini bermoqda. 
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi 
kerak” – ushbu prinsp asosida nafaqat Xalq qabulxonalari balki barcha davlat 
organlari va tashkilotlari, ularning hududlardagi bo‘limlari ham o‘z faoliyat sifatini 
tubdan o‘zgartirdi. Bir qator davlat hokimiyat va boshqaruv organlari, sud va 
prokuratura organlarining ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalari va veb-saytlari 
ochilib, buning natijasida tashkilotlarda yuzaga keladigan uzundan uzun navbatlar 
va tushunmovchiliklarning oldi olinib, xalqqa xizmat ko‘rsatish darajasi bir necha 
barobarga yaxshilandi. Davlat idoralarining samarali xizmat ko‘rsatishi asosida esa 
mamlakatimiz aholisining huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksaldi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat idorlari xizmat samaradorligi borasida dunyo 
miqiyosidagi nufuzli reytinglarda yildan yilga yuqori natijalarni qayd etmoqda. 

Download 213.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling