O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
DAVLAT ORGANLARIDA, DAVLAT MUASSASALARIDA VA DAVLAT ISHTIROKIDAGI TASHKILOTLARDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida Namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlasin.
2. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek davlat ishtirokidagi tashkilotlar bir oy muddatda:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Namunaviy nizomga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
o‘zlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-may,
341-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil7-maydagi 341-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Namunaviy nizom (keyingi o‘rinlarda Nizom deb ataladi) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (keyingi o‘rinlarda Qonun deb ataladi) muvofiq davlat organlarida, davlat muassasalarida (keyingi o‘rinlarda davlat organlari deb ataladi) va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda (keyingi o‘rinlarda davlat tashkilotlari deb ataladi) jismoniy va yuridik shaxslarning, shuningdek ularning mansabdor shaxslarining murojaatlari (keyingi o‘rinlarda murojaat deb ataladi) bilan ishlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi:
ko‘rib chiqish tartibi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga;
davlat organlarining, tashkilotlarining, shuningdek ular tarkibiy bo‘linmalarining o‘zaro yozishmalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Qonunga muvofiq ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |