Davlat sektori ombudsmani tarixi


Download 16.25 Kb.
Sana11.11.2021
Hajmi16.25 Kb.
#173497
Bog'liq
Ombudsman


Ombudsman so'zi kelib chiqishi shvedcha bo'lib, aslida Ombudsman instituti birinchi marta Shvetsiyada 1809 yilda tashkil topgan. "Ombudsman" atamasi shvedcha “umbuds man” qadimgi Norse umboosmaor so'zining inglizcha tarjimasi bo'lib, vakil degan ma'noni anglatadi.
Davlat sektori ombudsmani tarixi

Hukumat mavjud bo'lgan vaqtdan buyon fuqarolarga qonun bo'yicha adolatli va teng munosabatni kafolatlash masalasi muammo bo'lib kelgan va yillar davomida turli xil himoya vositalaridan foydalanilgan.

Ombudsman ta'sis etilgan joylarda fuqarolarning huquqlarini muvaffaqiyatli va qimmatli kafolati bo'la oldi. Fuqarolarning shikoyatlarini xolis va mustaqil ravishda tekshirish orqali u adolatsizliklarni bartaraf eta oldi. Birinchi davlat sektori ombudsmani (OM-budz-man, -buhdz-, -boodz-) 1809-yilda Shvetsiya parlamenti tomonidan tayinlangan. Shvetsiya Konstitutsiyasi hokimiyatni ijro etuvchi qirol va qonun chiqaruvchi parlament o’rtasida teng va muvozanatli holda taqsimlagan. Parlament tomonidan tayinlangan va uning oldida hisobdor bo'lgan Ombudsman shaxsiy huquqlarni byurokratiyaning haddan oshiq ta'siridan himoya qilishi kerak edi.

Birinchi ombudsman idorasi tashkil etilganidan buyon davlat sektori ombudsmani uchun namuna bo'ldi va bugungi kunda ham amalda qabul qilingan quyidagi ta'rifga asos bo’ldi: hukumatning ma'muriy hujjatlariga nisbatan fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va tekshirish uchun qonun chiqaruvchi organ tomonidan tayinlangan davlat xizmatchisi. Ushbu xujjatlarga, qonunga muvofiq, sud hokimiyati yoki qonun chiqaruvchi hokimiyatning ma'muriy xujjatlari kiritilishi yoki kiritilmasligi mumkin.



Ombudsman tushunchasi Yevropa bo’ylab tarqaldi va Amerika qit'asida 60-yillarning o'rtalarida AQShda birinchi vakolatxonalar tashkil etildi.


Download 16.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling