8-bob. Hududlararo inspeksiya faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnika bilan ta’minlash,
uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish
33. Hududlararo inspeksiyani moliyalashtirish va moddiy-texnika bilan ta’minlash, jumladan,
uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida Davlat
budjetidan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya,
soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari,
shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga amalga
oshiriladi.
34. Hududlararo inspeksiya xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, maxsus unvonlar, ko‘p yil
xizmat qilganlik uchun ustama haqlar, dam olish va bayram kunlari uchun to‘lovlar, boshqa ustama,
qo‘shimcha haqlardan iborat bo‘ladi hamda u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi.
Hududlararo inspeksiya xodimlarining lavozim maoshlariga oylik ustama va qo‘shimchalar
Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida to‘lanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
35. Hududlararo inspeksiya xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, mukofotlash tartibi va turlari
Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga asosan belgilanadi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
36. Hududlararo inspeksiya xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari
hisobidan lavozim maoshlarining 20 foiz miqdorida maxsus ustama belgilanadi.
37. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq
organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘larining
Hududlararo inspeksiya tomonidan shakllantirilishi va ulardan foydalanilishi Qo‘mita tomonidan
belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |