Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
320-сон 17.04.2019. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
09/21/1/0002-son)
Oldingi tahrirga qarang. v) soliq to‘lovchilar va soliq solish obyektlarining o‘z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, ularning to‘liq qamrab olinishi mexanizmlarini soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga ma’lumotlarni to‘liq yig‘ish va qayta ishlashni ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil usullarini keng joriy etish orqali takomillashtirish sohasida: soliq to‘lovchilar, soliq solinadigan baza, shuningdek, soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarning to‘liq, o‘z vaqtida va ishonchli hisobga olinishini ta’minlaydi; yuridik va jismoniy shaxslarga, ularni soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamlari berilgan holda soliq to‘lovchilar sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risida hujjatlar berilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil qiladi; kelgusida tovar va xizmatlarning majburiy tasniflanishini joriy qilgan holda elektron hisobvaraq- fakturalari to‘liq kiritilishini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestrini shakllantiradi va yuritadi; soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasida soliq to‘lovchilar bo‘yicha soliqlar va yig‘imlarning hisoblab chiqilishi va amaldagi tushumlari hisobini yuritadi; soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar hisobini yuritadi; banklar tomonidan tegishli axborot taqdim etilishiga ko‘ra bank hisobvaraqlari bo‘yicha to‘qqiz oy mobaynida pul operatsiyalarini amalga oshirgan holda moliya-xo‘jalik faoliyatini yuritmayotgan, shuningdek, to‘qqiz oy davomida soliq hisobotlarini taqdim qilmagan korxonalarni aniqlaydi; tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishdan bo‘yin tovlash mexanizmlarini o‘rganadi, aniqlaydi va bartaraf etadi; axborot xavfsizligi ta’minlanishini hisobga olgan holda barcha soliq to‘lovchilar va soliq tushumlari bo‘yicha soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasini yaratadi; soliq axborotlarini qabul qilib olish, qayta ishlash, uzatish va saqlash jarayonlarini avtomatlashtirish choralarini ko‘radi; davlat soliq xizmati organlarida axborot xavfsizligini ta’minlashni hisobga olgan holda yagona axborot, dasturiy-texnik va telekommunikatsiya tizimi joriy etilishini tashkil qiladi; soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish jarayonida davlat soliq xizmati organlari ishiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi hamda xarajatlarni maqbullashtirish va resurs ta’minotini rivojlantirish uchun ularni texnologik jarayonlarni yuritishning zamonaviy tizimlari va boshqarishning tezkor vositalari bilan jihozlaydi; davlat soliq xizmati organlarining butun vertikal bo‘ylab biznes jarayonlarini qayta tashkil etish va ularni parallel ravishda raqamlashtirish hamda kelgusida avtomatlashtirish bilan amalga oshiradi va shu asosda inson omili ta’sirini kamaytiradi. (11-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1- sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) g) soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha tahlil qilish va ta’sirchan choralar ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali ta’sirchan choralar ishlab chiqish, soliqlar yig‘ilishini oshirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish sohasida: soliq to‘lovchilarni “xavf-xatar” guruhi bo‘yicha segmentlashni amalga oshiradi; Oldingi tahrirga qarang. soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash faktlarini aniqlaydi va tegishli choralar ko‘radi; Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling