Davlat taʼlim standarti. Oʻquv rejasida fan bloki
Davlat ta‟lim standartlarining vazifalari
Download 0.69 Mb.
|
Davlat taʼlim standarti
Davlat ta‟lim standartlarining vazifalariTa‟lim sifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko„rsatiladigan ta‟lim xizmatlari turlariga nisbatan qo„yiladigan maqbul talablarni belgilash; - ta‟limga va uning pirovard natijalariga, ta‟lim oluvchilarning bilimi va kasb malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibiga, shuningdek ta‟lim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo„yiladigan tegishli talablarni belgilovchi meyoriy negizni yaratish; - xalqning boy aql-zakovat merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta‟lim oluvchilarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; O„quv-tarbiya va ta‟lim jarayoniga, pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta‟minlashga, ta‟lim darajasini nazorat qilishga, ta‟lim muassasalarida ta‟lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan meyorlar va talablarni belgilash; - ta‟lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning xolis tizimini, ta‟lim muassasalarini attestatsiyadan o„tkazish va akkredetatsiya qilishni joriy qilish; - kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta‟lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta‟minlash; Standartlashtirishning me`yoriy elementlari. Standartlashtirish turlari Davlat ta‟lim standarti (DTS) – 1) bu davlatning ta‟lim darajasiga qo„ygan meyori sifatida qabul qilinadigan asosiy parametrlar tizimi bo„lib, muayyan shaxsning ta‟lim tizimidagi mavjud imkoniyatlari va ularni ideal darajaga yetkazishga erishishni anglatadi; 2) ta‟limning zarur, yetarli darajasi va o„quv yuklamalari hajmiga qo„yiladigan asosiy davlat talablari majmuasidir.Standartlashtirishning me`yoriy elementlari. Standartlashtirish turlari Davlat ta‟lim standarti (DTS) – 1) bu davlatning ta‟lim darajasiga qo„ygan meyori sifatida qabul qilinadigan asosiy parametrlar tizimi bo„lib, muayyan shaxsning ta‟lim tizimidagi mavjud imkoniyatlari va ularni ideal darajaga yetkazishga erishishni anglatadi; 2) ta‟limning zarur, yetarli darajasi va o„quv yuklamalari hajmiga qo„yiladigan asosiy davlat talablari majmuasidir. Standart qanday ma‟noni anglatadi? – muayyan hodisaning etaloni, namunasi, modeli, meyorlari, qoidalari, talablarini belgilovchi meyoriy hujjat. Ta‟limni standartlashtirishning obektlari quyidagilar: - ta‟lim fanlarining tuzilmasi, mazmuni, o„quv yuklamasi hajmi, ta‟lim oluvchilar va bitiruvchilarning malaka darajasi va tayyorlash sifati; OLIY TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTLARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini bajarish yuzasidan va oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’limning uzluksizligi va davomiyligini ta’minlash, jahon ta’lim tizimiga qo‘shilish, shuningdek oliy ta’limning o‘quv-metodik va normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” 1-ilovaga muvofiq; “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga: (2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 476-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2020-y., 09/20/476/1165-son) ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlarini, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash, tayanch (yetakchi) oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va fanlar dasturlarini kelishish, ular asosida darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarining yangi avlodini yaratishni tashkil qilish; Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” (bundan keyin OT DTS deb ataladi): kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablarni; ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarli bilim darajasi hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan umumiy malakaviy talablarni; o‘quv yuklamasining hajmini; ta’lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibotlari hamda mexanizmini belgilaydi. OT DTS o‘quv jarayonini, ta’lim muassasalari faoliyatini, kadrlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari tayyorlash sifatini baholashni tartibga soluvchi tegishli normativ hujjatlar (ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablari, o‘quv rejalari, o‘quv fanlari dasturlari va boshqalar) yaratish uchun asos hisoblanadi. (1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 2-son, 21-modda) OT DTS oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashda idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. OT DTSga Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bosqichlarini amalga oshirish jarayonida, shuningdek mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining istiqbollari, jamiyat ehtiyoji, fan, texnika, texnologiya va madaniyat yutuqlari, kadrlar tayyorlash borasida jahon tendensiyalaridan kelib chiqqan holda tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. 2. Normativ havolalar Oz DSt 1.0:1998. O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar; O‘zRST 1.8-94. O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Amal qilinadigan hujjatlarni va tavsiyanomalarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi; Oz DSt 1.9-1995. O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Tarmoq standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi. O‘quv fanlari bloki — o‘quv rejalari va fanlar dasturlarining kadrlar tayyorlash jarayonida aniq maqsad va vazifalarga erishish uchun muayyan bilim sohasi yoki faoliyatning o‘zlashtirilishini ta’minlaydigan o‘quv fanlarini birlashtiruvchi tarkibiy qismi; (3-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 2-son, 21-modda) o‘quv rejasi — oliy ta’limning muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o‘rganishning izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat; (3-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 2-son, 21-modda) o‘quv fani — ta’lim muassasasida o‘rganish uchun fan, texnika, san’at, ishlab chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan saralab olingan bilimlar, o‘quv va ko‘nikmalar tizimi; “ Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling