7-sinf kursini takrorlash. (3 soat)
I BOB. CHIZIQLI FUNKSIYA VA UNING XOSSALARI
(9 soat)
1-3-mavzular: Tekislikda to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi. Funksiya tushunchasi. Funksiyaning berilish usullari. (3 soat)
4-5-mavzular: funksiya va uning grafigi. (2 soat)
6-7-mavzular: Chiziqli funksiya, uning grafigi va xossalar. (2 soat)
Nazorat ishi. (1 soat)
Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish. (1 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
kundalik hayotda uchraydigan koordinatalar sistemalarini real obyektlar (masalan, teatrdagi tomoshabin, samolyotdagi yo‘lovchi, shaxmat figurasi) joylashuvini aniqlashda qo‘llay oladi;
o‘zgaruvchilar orasidagi munosabatlarga misollar keltira oladi; Funksiyaning munosabatdan farqini ayta oladi; real dunyoda analitik, grafik va jadval ko‘rinishda berilgan funksiyaga misollar qo‘ra oladi;
Tekislikda to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi va uning tuzilishini tushuntira oladi va tasvirlay oladi;
kabi funksiya va uning grafigini tasvirlay oladi va grafikka qarab hossalarini tahlil qila oladi;
kabi munosabatning geometrik ma’nosini tushuntira oladi.
A2+
bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |