Nazorat ishi. (1 soat)
Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish. (1 soat)
III BOB. AYLANA
(12 soat, А2+:4 soat)
27- mavzu: Aylana. Markaziy burchak. (1 soat)
28-29-mavzular: Aylananing vatarlari va diametrlari hossalari. (2 soat)
30-mavzu: Aylana va to‘g‘ri chiziq o‘zaro joylashuvi. Urinma. (1 soat)
31-32-mavzular: Aylanaga ichki chizilgan burchak. (2 soat)
33-34-mavzular: Ichki va tashqi chizilgan aylanalar. (2 soat)
35-36-mavzular: Kesuvchilar hosil qilgan burchaklar. (2 soat)
А2+: Ichki, tashqi va ichki-tashqi chizilgan aylanalar (4 soat).
Nazorat ishi. (1 soat)
Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish. (1 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A2
o‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
aylana bilan bog‘liq bo‘lgan markaziy va ichki burchaklar tushunchasini shakllantirish;
aylanaga urinma tushunchasini kiritish, urinmaning xossalarini isbotlay oladi;
tekislikdagi geometrik figuralarning xossalariga doir masalalarni yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.
A2+
bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi, aylana va doira, uchburchak, trapesiya, to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat, romb, parallelogramm, ko‘pburchaklar (jumladan besh-, olti-, sakkiz va o‘nburchak) geometrik figuralarga oid murakkabroq masalalarni yecha oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |