Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2
matematika umumbashariy madaniyatning bir qismi ekanligini asoslab bera olish;
zamonaviy dunyoda matematikaning o‘rnini tushuntira olish;
real hodisalarni matematik tilda ifodalash usullaridan foydalana olish va bu usullar samarali ekanligini tushuna olish;
matematikaning har bir shaxsni mustaqillik, tanqidiy mulohaza yuritish, irodali bo‘lish va maqsadga erishi uchun matonatlilik kabi hislatlarni hosil qilish nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega ekanligini tushuntira olish;
zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘shgan hissalarini tasvirlab bera olish;
matematik faktlarni isbotlashga qo‘yilayotgan talablarni tushuntira olish.
A2+
milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylashda matematikaning o‘rni beqiyos ekanligini tushuntirib bera olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |