Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A2
o‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
kvadratik tengsizlikni chiziqli ko‘paytuvchilarga va grafik usulda ajratib yecha oladi;
funksiyalar chiziqli, yoki kvadratik bo‘lgan holda tengsizlikni yecha oladi.
A2+
bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi;
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi):
A2
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A2+
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |