А2+: Аmaliy-tajriba va sinov mashqlari (3 soat)
Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish. (1 soat, A2+: 1 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A2
o‘rganilgan geometrik tushunchalarni va faktlarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
asosiy fazoviy (prizma, piramida, parallelepiped, kub, shar, konus, silindr) figuralarni va ularning elementlarini tasavvur qila oladi, taniy oladi va nomlay oladi hamda o‘lchamlari yoki yoyilmasi berilgan asosiy fazoviy geometrik figuralarni (parallelepiped (kub), prizma, piramida, shar, konus, silindr) qog‘oz, sim, plastilin va h.k. lar yordamida modellashtira oladi;
sodda fazoviy figuralarni va ularning tarkibiy qismlarini tasavvur qila oladi, taniy oladi va sharhlay oladi, ular sirtlarining yuzlari va hajmlarini formulalardan foydalanib hisoblay oladi.
A2+
bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |