Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi):
o‘rganilgan geometrik tushunchalar, faktlar va metodlarini notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan geometrik tushunchalar, faktlar va metodlarini sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A2+
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A2+
o‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli qiziqarli misollar keltira oladi;
tekislikda geometrik almashtirishlardan foydalanib, murakkab bo‘lmagan geometrik masalalarni yecha oladi;
yassi geometrik figuralar hossalarini amaliy va o‘quv masalalar yechishda namoyish qila oladi;
uchburchaklar haqidagi klassik teoremalar, uchburchak-aylana va to‘rtburchak-aylana konstruksiyalari geometrik hossalarini qo‘llab, geometrik masalalarni yecha oladi;
asosiy fazoviy figuralarni va ularning elementlarini tasavvur qila oladi, taniy oladi hamda o‘lchamlari yoki yoyilmasi berilgan asosiy fazoviy geometrik figuralarni qog‘oz, sim, plastilin va h.k. lar yordamida modellashtira oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |