4. Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2
matematika umumbashariy madaniyatning bir qismi ekanligini tushunish;
zamonaviy dunyoda matematikaning o‘rnini tushunish;
real hodisalarni matematik tilda ifodalash usullaridan foydalana olish va bu usullar samarali ekanligini tushunish;
matematikaning har bir shaxsni mustaqillik, tanqidiy mulohaza yuritish kabi hislatlarni hosil qilish nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega ekanligini tushunish;
zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘shgan hissalarini tasvirlash;
matematik faktlarni isbotlashga qo‘yilayotgan talablarni tushunish.
A2+
milliy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylashda matematikaning o‘rni beqiyos ekanligini tushuntish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy rejalarni tuza olish;
kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish;
o‘rganilayotgan formulalar bo‘yicha murakkab bo‘lmagan hisoblashlarda, tenglama va tengsizliklarni yechishda, yassi va fazoviy geometrik figuralarni tasvirlashda tayyor kompyuter dasturlardan foydalana olish.
A2+
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni qo‘llay olish;
matematik masalalarni yechish kompyuter dasturlaridan foydalana olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |