O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A2
o‘rganilgan geometrik faktlarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
parallel to‘g‘ri chiziqlarni, kesuvchini, hosil bo‘lgan burchaklarni tassavur qila oladi va tasvirlay oladi;
parallel to‘g‘ri chiziqlarga oid geometrik masalalarni yecha oladi.
A2+
bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi):
A2
o‘rganilgan geometrik tushunchalar, faktlar va metodlarini notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan geometrik tushunchalar, faktlar va metodlarini sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A2+
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
IV BOB. UCHBURCHAKNING TOMONLARI VA BURCHAKLARI ORASIDAGI MUNOSABATLAR (14 soat, А2+: 6 соат)
Do'stlaringiz bilan baham: |