I. TK-tayanch kompetensiya
TK1-kommunikativ kompetensiya
TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
TK5-milliy va umummadaniy kompetensiya
TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
II. FK-fanga oid kompetensiyalar
FK1- Matematika mazmuniga oid umumiy kompetemsiyalar
FK2 – Kognitiv (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash) kompetensiyalari
5-SINF
(170 soat, haftasiga 5 soat, A2+: 68 soat, haftasiga 2 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetentsiyalar:
A2
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda, mantiqiy izchillikda, to‘g‘ri, aniq va ravshan ifodalay olish;
biror mavzuga oid savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va ularga javob bera olish;
matematikaga oid ta’rif, masala, qoida, algoritm va bildirilgan fikrlarni tushunish hamda ularga nisbatan o‘z munosabatini bildira olish;
hamrohi va jamoa bilan muloqotga kirisha olish hamda hamkorlikda ishlay olish.
A2+
muammo va masalalar yechimini matematik nuqtai nazardan to‘g‘ri sharhlay olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |