Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A2
o‘rganilgan geometrik faktlarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
berilgan burchakka teng burchakni, burchak bissektrissasini, berilgan to‘g‘ri chiziqqa perpendikulyar to‘g‘ri chiziqni, kesmani teng ikkiga bo‘lish, uchburchakning berilgan uch tomoniga ko‘ra yasay oladi.
A2+
bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi):
A2
geometrik yasash algoritmlarini notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan geometrik tushunchalar, faktlar va metodlarini sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A2+
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |