Davlat tili haqida


 yil 29-avgustda qabul qilingan


Download 331.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana09.09.2023
Hajmi331.94 Kb.
#1675106
1   2   3   4
1997 yil 29-avgustda qabul qilingan) qabul qilingach, ta`lim tizimi tubdan isloh 
qilina boshlandi. Bu muhim hujjatlarga ko`ra respublikamizda kasb-hunar 
kollejlarini jadal sur`atlar bilan rivojlantirish chora tadbirlari belgilangan. Bu 
birinchidan mutaxassislar tayyorlash sifatiga bog`liq bo`lsa, ikkinchi tomondan 
o`quv yurtining zamonaviy texnologiyalar bilan ta`minlanganligiga bog`liq. Kasb-
hunar kolleji muhandis-pedagog hodimlari oldiga tayyorlanayotgan ishchi 
kadrlarga ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatini tarkib toptirish 
ularda yuksak mehnat intizomini va madaniyatini, jamoa oldida burch his-
tuyg`ularini tarbiyalash kabi vazifalarni qo`yadi. 
Milliy dasturning asosiy maqsadi: ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni 
o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, 
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va ahloqiy talablarga 
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. 
Jamiyatda sodir bo`layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o`zgarishlar 
ta`lim tizimiga xususan o`rta maxsus kasb-hunar ta`limiga boshqacha yondashishni 
talab qiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy amalga oshirish 
vazifalaridan biri ta`lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy 
talablarni, ularning madaniy va ma`naviy-ruxiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat 
ta`lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir. 
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari. 
Ma`lumki, metodika bu- metod va usullar yig`indisi bo`lib, qandaydir 
harakatni amalga oshirishdir. SHunday jumlalar mavjud: o`qitish metodikasi, 
o`rgatish metodikasi. Bu ikki tushuncha ham amalda teng huquqli bo`lib, o`qitish 
bu o`rgatuvchining faoliyati. O`qitish metodikasi- o`quv predmeti sifatida bo`lg`usi 
muhandis-pedagog oldiga quyidagi vazifalarni qo`yadi. «Qanday va nimani 
o`qitish kerak?», «Nima uchun aynan shunday o`qitish kerak?». 


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, OʻzRning kadrlar tayyorlash milliy dasturi — 
1997 y. 29 avg .da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida 
prezident I. A. Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan. Dasturning maqsadi 
taʼlim sohasini tubdan isloh qilish, uni oʻtmishdan qolgan mafkuraviy qoliplardan 
toʻla xalos etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning rivojlangan demokratik 
davlatlar darajasidagi, yuksak maʼnaviy va axloqiy talablariga javob beruvchi 
milliy tizimini yaratishdan iborat. K.t.m.d. OʻzRning "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni 
(1997 y. avg .) qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan boʻlib,milliy tajribaning 
tahlili va jahon miqyosi taʼlim tizimidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda 
yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-
siyosiy hayotda mustaqil ravishda moʻljalni toʻgʻri ola bilish mahoratiga ega 
boʻlgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi 
avlodini shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini 
roʻyobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga 
moslashgan, taʼlim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va 
keyinchalik puxta oʻzlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-
pedagogik va b. tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida oʻz 
javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi va bevosita 
rahbarligida ishlab chiqilgan kadrlar tayyorlash milliy modeli qator noyob, 
takrorlanmas oʻziga xos xususiyatlarga ega. U Oʻzbekistonning xalqaro 
andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini taʼminlay oladigan dadil, mustaqil fikrli, 
malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda ezgu insoniy sifatlarga ega kadrlarni 
tayyorlash maqsadini koʻzlaydi. K.t.m.d. I. Karimov tomonidan ijtimoiy ongga 
kiritilgan, davlatni, jamiyatni rivojlantirishga xizmat qiladigan tamomila yangi 
tushunchadir. 
Dastur 5 boʻlimdan iborat: Muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh 
qilish omillari; Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni roʻyobga chiqarish 
bosqichlari; Kadrlar tayyorlashning milliy modeli; Kadrlar tayyorlash tizimini 
rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari; Milliy dasturni roʻyobga chiqarishga doir 
tashkiliy chora-tadbirlar. 
Dasturning 1-boʻlimida OʻzR davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanishning oʻziga xos yoʻlini tanlashi kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini 
qayta tashkil etish zarurligi, bu hol qator chora-tadbirlar koʻrishni taqozo etishni, 
lekin sodir etilgan oʻzgartirishlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq boʻlishini taʼminlay olmagani 
qayd etildi. Shuningdek, bu boʻlimda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh 
qilishning muhim omillari bayon etilgan. 
Dasturning 2-boʻlimida uning maqsadi, vazifalari va dasturni roʻyobga chiqarish 
bosqichlari aniq ifoda etilgan. Maqsad va vazifalarni roʻyobga chiqarish 3 
bosqichdan iborat boʻlib, 1-bosqichi (1997—2000 y.lar)da mavjud kadrlar 


tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh 
qilish va 
rivojlantirish uchun huquqiy
, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-
moddiy shart-sharoitlar yaratish, 2-bosqich (2001—2005 y.lar)da milliy dasturni 
toʻliq roʻyobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiyiqtisodiy 
sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish, 3-bosqich (2005 va undan 
keyingi yillar)da toʻplangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, 
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar 
tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish nazarda tutiladi. 
Dasturning 3-boʻlimida kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy 
qismlari shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz taʼlim, fan va i.ch.dan iborat ekanligi 
koʻrsatilgan. Bunda shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subʼyekti va 
obʼyekti, taʼlim sohasidagi xizmatlarning isteʼmolchisi va ularni amalga 
oshiruvchisi, davlat va jamiyat esa, taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimining 
faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash 
va ularni qabul qilib olishning kafillari sifatida bayon qilingan. Uzluksiz taʼlim esa, 
malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi boʻlib, u maktabgacha 
taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi (akademik litsey 
va kasb-hunar kollejlari), oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura), oliy oʻquv 
yurtidan keyingi taʼlim (aspirantura, adʼyunktura, doktorantura, mustaqil 
tadqiqotchilik), kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan 
tashqari taʼlim turlarini oʻz ichiga oladi. Fan yuqori malakali mutaxassislar 
tayyorlovchi hamda ulardan foydalanuvchi, ilgor pedagogik va axborot 
texnologiyalarini ishlab chiquvchidir. I.ch. kadrlarga boʻlgan ehtiyojni, 
shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qoʻyiladigan 
talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va 
moddiy-texnika jihatidan taʼminlash jarayonining qatnashchisidir. 
Dasturning 4-boʻlimida kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy 
yoʻnalishlari bayon qilingan. Bular taʼlimning uzluksizligini taʼminlash, pedagog 
va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirishning zamon talablariga moslashuvchan, taʼlimning yuqori sifatli va 
barqaror rivojlanishini koʻzlovchi tizimini vujudga keltirish, taʼlim jarayonini 
mazmunan isloh qilish, yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy 
milliy madaniy-tarixiy anʼanalariga, urf-odatlari hamda umumbashariy 
qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab 
chiqilib amaliyotga joriy etish, iqtidorli bolalar va isteʼdodli yoshlarni aniqlashdan 
iborat. Shuningdek, uzluksiz taʼlim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va 
nodavlat taʼlim muassasalarini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish qamda ularni izchil 
rivojlantirishni davlat yoʻli bilan boshqarish, kasb-hunar taʼlimi sifatini nazorat 
qilish tizimini shakllantirish, taʼlim tizimini moliyalashni takomillashtirish, mavjud 
taʼlim muassasalarini kapital taʼmirlash va yangi taʼlim muassasalari qurish, ularni 
normativ talablarga muvofiq, zamonaviy texnika va texnologiyalar darajasini 
hisobga olgan holda jihozlanishini taʼminlash, taʼlim tizimining yaxlit axborot 
makonini vujudga keltirish, taʼlim xizmati koʻrsatish bozorini rivojlantirish, taʼlim 


sohasida ijtimoiy kafolatlarni taʼminlash hamda bu sohani davlat tomonidan 
qoʻllab-quvvatlash, fan bilan taʼlim jarayoni aloqalarini, i.ch. va taʼlim tizimi 
integratsiyalashuvini, taʼlim va kadrlar tayyorlashda xalqaro hamkorlikni 
rivojlantirish ham taʼlim tizimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridir. 
Dasturning 5-boʻlimida milliy dasturni roʻyobga chiqarishga doir tashkiliy chora-
tadbirlar belgilangan. 
Dasturdan OʻzR Prezidenti I.A.Karimovning asarlari va nutklarida taʼlim 
masalalari boʻyicha qayd etilgan tamoyillarning barchasi oʻrin olgan. Dastur qabul 
qilinganidan soʻng respublika butun taʼlim tizimini tubdan isloh qilishning aniq 
strategik yoʻnalishiga ega boʻldi va bu borada bir qancha tadbirlar amalga oshirildi. 
Xususan, respublikaning 24 maktabida umumiy oʻrta taʼlimning 23 oʻquv predmeti 
mazmunini yangilash, oʻquvchilar bilimini baholashning yagona reyting tizimini 
joriy etish yuzasidan tajriba-sinov ishlari oʻtkazildi. Ularning natijalari asosida 
umumiy oʻrta taʼlimning barcha sohalaridan davlat taʼlim standartlari, 
oʻquv 
dasturlari
, yangi darsliklar ishlab chiqildi. Akademik litseylar va kasb-xunar 
kollejlari tarmogʻini barpo etish hamda ularni samarali ishlashi uchun barcha 
shartsharoitlar yaratish boʻyicha bir qancha ishlar amalga oshirildi. Oliy va oʻrta 
maxsus taʼlim vazirligi tarkibida oʻrta maxsus, kasb-xunar taʼlimi markazi barpo 
etilib, litsey va kollejlar shu markaz ixtiyoriga oʻtkazildi. 2000 y.gacha bakalavriat 
yoʻnalishlari boʻyicha 251 davlat taʼlim standartlari ishlab chiqildi, dasturning 
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash yoʻnalishi boʻyicha 71 
oʻqituvchining chet ellarda, 980 oʻqituvchining chet el oʻqituvchilarini jalb etish 
yoʻli bilan malakasi oshirildi.

Download 331.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling