Davlat tilida tijorat yozishmalarini amalga oshirish
Download 60.72 Kb.
|
Davlat tilida tijorat yozishmalarini amalga oshirish. Alimov Yo\'lchi
Davlat tilida tijorat yozishmalarini amalga oshirishReja:
Tijorat yozishmalari - tashkilotlarning bitim tuzish va ularni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan tashqi iqtisodiy rasmiy faoliyatining turli tomonlarini ifodalashga xizmat qiladi. Xalqaro aloqalarda qabul qilingan tijorat xatlarining hozirgi shakli, uning yozilish odobi bundan 150 yil muqaddam Angliyada yuzaga kelgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, tashqi iqtisodiy aloqalar yo‘lga qo‘yilishi bilan tijorat yozishmalari ham yo‘lga qo‘yildi. Tijorat xatlarining yozilish uslubi, gap qurilishi, so‘z birikmalari ko‘proq diplomatik hujjatlarga yaqin turadi. Ular mujmal, noaniq fikrdan holi bo‘lishi, izchil va tugal takliflarni yoritishi, eng muhimi, iliq, iltifotli, samimiy ruhda bayon etilishi lozim.Xatning murojaat qismida quyidagi e'zoz-hurmat so‘zlari ishlatiladi: «Janob...», «Mister...», «Muhtaram», «Xonim...», «Qadrli...», «Aziz...» va boshqalar. Xatning xulosa qismi ham iltifotli so‘z va iboralar bilan yakunlanadi: «Sizga chuqur hurmat bilan...», «Kamoli ehtirom ila...», «Eng ezgu tilaklar ila...» va h.k. Tijorat xatlarining asosiy matnida quyidagi birikmalar ko‘p qo‘llanadi: «.... bayon etilgan»; «.... (sana) yozilgan xatingizni olib mamnun bo‘ldik»; «Bizning taklifimiz haqida Siz nima deysiz?»; «Siz bitim loyihasiga rozimisiz?»; «.... bo‘yicha Sizning iltimosingizni qo‘llab-quvvatlaymiz»; «Ushbu maktub orqali Sizga minnatdorchilik izhor etmoqchiman»; «Buyurtmangizni ko‘rib chiqishga tayyormiz va Sizlar bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz»; «.... kabi masalalar bo‘yicha Sizlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqa o‘rnatmoqchi edik»; «Bu bizning istagimizga ham muvofiq keladi»; «Sizlarning dastgohlaringizni olishdan manfaatdormiz, buyurtma berishni mo‘ljallayapmiz» va h.k.
Download 60.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling