Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi Prezidcutlarining QO‘SHMA BAYONOTI


Download 0.58 Mb.
bet162/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

0‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi Prezidcutlarining QO‘SHMA BAYONOTI

  1. 0‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi tcng huquqli va suveren davlatlar sifatida uzoq muddatli sheriklik, o‘zaro foyda va bir-birlarining manfaatlarini hisobga olish asosida ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirib boradilar.

  2. Tomonlar o‘zaro hurmat va ishonch an’analari, xalqlar o'r- tasidagi ko‘p asrlik do‘stlikka asoslangan o‘zbek-belorus aloqalari darajasini yanada oshirishga har tomonlama ko'maklashadilar.

  3. Tomonlar ikki tomonlama munosabatlaming muhim jihat- lari, o‘zaro manfaat kasb etadigan dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan muntazam fikr almashgan va o‘z pozitsiyala- rini kelishgan holda muntazam uchrashuvlar, eng avvalo, oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar mexanizmidan foydalanish hamda uni takomillashtirishda davom ctadilar.

  4. Tomonlar 2030-yilga qadar barqaror rivojlanish sohasida Kun tartibini amalga oshirish va Barqaror rivojlanish maqsadlari- ga erishish yo‘lida xalqaro sheriklikni mustahkamlash uchun ikki tomonlama, mintaqaviy va global formatlarda hamkorlikni davom ettiradilar.

  5. Tomonlar xalqaro maydonlarda inson huquqlarini ilgari surish masalalarida hamkorlikni davom ettiradilar. Birlash- gan Millatlar Tashkiloti hamda boshqa universal va mintaqaviy xalqaro tashkilotlar doirasida tashabbus va nomzodlami o‘zaro qoilab-quwatlash amaliyoti mustahkamlanadi.

  6. Tomonlar Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida ularning faoliyatini takomillash- tirish va ko‘p tomonlama munosabatlami kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlami amalga oshiradilar.

  7. Tomonlar Belarus tomonining tajribasini hisobga olgan hol­da, 0‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi istiqbollarini muhokama qildilar.

  8. Tomonlar О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan Belarus Respublikasi Milliy kengashi o‘rtasidagi faol muloqotni


394


Xizmat yozishmalari




olqishlaydilar hamda davlatlararo munosabatlaming muhim tarkibiy qismi sifatida parlamentlararo hamkorlikning yanada rivojlanishi va chuqurlashishiga ishonch bildiradilar.

  1. Tomonlar ikki mamlakatni yanada barqaror ijtimoiy-iqti- sodiy rivojlantirish maqsadida o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga ustuvor ahamiyat beradilar.

  2. Tomonlar o‘zaro manfaatli loyihalami amalga oshirish- da muhim mexaiiizm hisoblanadigan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning sermahsul faoli- yatini qayd etib, uning ishiga tizimli tus berishga kelishib oldilar.

  3. Tomonlar o‘zaro savdodagi ijobiy o‘sish sur’atini, savdo aylanmasi hajmini kcngaytirish va uning barqarorligini ta’minlash uchun mavjud salohiyatni mamnuniyat bilan qayd etdilar.

  4. Tomonlar innovatsiyalar, axborot-kommunikatsiya tex- nologiyalari, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, to'qimachilik, charm va o/iq-ovqat sanoati, farmatsevtika sohalarida va iqtisodi- yotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiyani yanada kuchaytirish, shu jumladan, uchinchi mamlakatlar bozorlariga chiqish muhim- ligini ta’kidladilar.

  5. Tomonlar oliy darajadagi tashrif doirasida Minskda tashkil etilgan «O'zbekistonda ishlab chiqarilgan» 0‘zbekiston Respub­likasi mahsulotlarining milliy ko‘rgazmasi hamda 0‘zbekiston va Belarus mintaqalari forumining o‘tkazilish darajasi va natijalarini yuqori baholadilar.

  6. Tomonlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar ham­korlikni mustahkamlashning samarali shakli sifatida to‘g‘ri- dan-to‘g‘ri mintaqalararo aloqalami yanada kengaytirishdan o‘za- ro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

  7. Tomonlar ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidauzoq mud- datli sheriklik aloqalarini o‘matishga ko‘maklashadigan Ishbilar- monlar qo‘shma kengashi tuzilishini olqishladilar.

  8. Tomonlar transport-logistika kommunikatsiyalari so- hasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yuk aylanmasini ko'paytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ta’minlashga ko‘makla- shish niyatida ekanliklarini bildirdilar.

  9. Tomonlar xalqaro va mintaqaviy terroristik va ekstremistik guruhlarning faolligi oshib borayotganidan, transche- garaviy jinoyatchilik, qurol-yarog‘ va giyohvand vositalar bilan


395


Xizmat yozishmalari




noqonuniy muomaiada bo‘Iish hamda odam savdosining o‘si- shidan tashvishda ckanliklarini bildirdilar. Shu munosabat bilan, umumiy, teng va ajralmas xavfsizlik tamoyiliga sodiqliklarini, o‘zaro ishonch va hurmat, shuningdek, bir-birlarining manfaat- larini hisobga olish asosida yagona xavfsizlik makonim yaratish muhimligi tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar.

  1. Tomonlar axborot xavfsizligini ta’minlash va kiber- jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

  2. Tomonlar so‘nggi yillarda ikki mamlakatning harbiy va harbiy-texnikaviy sohalardagi amaliy sherikligi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish idoralari, harbiylashtirilgan tuzilma- lar va favqulodda vaziyatlar muassasalari o'rtasidagi hamkorlik rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladilar.

  3. Tomonlar vazirliklar, idoralar, universitetlar va ilmiy tash­kilotlar o‘rlasidagi ilmiy-texmkaviy hamkorlik yanada rivojla- nishini va ilg‘or tajriba almashinuvini qoilab-quvvatlaydilar.

  4. Tomonlar yuqori va raqamli texnologiyalar sohasida yaqin hamkorlikni chuqurlashtirish hamda ulami, shu jumladan, ikki mamlakat innovatsion markazlari va texnoparklari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish orqali hayotga tatbiq etish muhimligini ta’kidladilar.

  5. Tomonlar ikki mamlakat xalqlarining tarixi, madaniyati va boy milliy an’analari bilan o‘zaro tanishish maqsadida turizin sohasidagi faol almashinuvni rivoj lantirishga ko‘maklashadilar.

  6. Tomonlar ikki mamlakat xalqlarining ma’naviy va madaniy yaqinligini saqlab qolishga har tomonlama ko‘makla- shadilar, madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni chuqurlashti- radilar.

  7. Tomonlar 0‘zbekiston Respublikasi bilan Belarus Res­publikasi o‘rtasida koLp qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida erishilgan kelishuv laming sa- marali amalga oshirilishini ta'minlashga barcha bosqichlarda ko‘maklashish niyatida ekanliklarini e’tirof etdilar.


396


Xizmat yozishmalari




2-ilova



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling