Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet185/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

A. Maqsumovga


448


Hujjatlar ustida ishlash tartiboti




Mahsulotlami sotish rejasini 2019-yil 21-yanvargacha tayyorlash ingizni so‘rayman.
Mirzaboyev, 2019-yil 2-yanvar
Rezolyutsiya, qoidaga ko‘ra, hujjatning yuqori qismiga «oluvchi» rekvizitining ostiga qo‘yilishi kerak,
Har bir hujjatda bevosita ijrochi to^risidagi belgi bo‘li- shi kerak.
Hujjatni ijro etuvchi (tuzuvchi)ning familiyasi va uning xizmat yoki qo‘l telefoni raqami hujjat oxirgi varag‘ining old tomoniga yoki, joy boblmaganda, orqa tomonining pastki chap burchagiga qo‘yiladi.
Masalan:
Azimbekov, 71-244-15-20


Hujjatlarni ro‘yxatga olish
Bajarish va hisobga olishni talab qiladigan barcha huj­jatlar - olinma hujjatlar ham, jo‘natma hujjatlar ham, ich­ki hujjatlar ham, albatta, ro‘yxatga olinadi — qayd qilinadi. Hujjatlar bir marta: olinma hujjatlar - kelib tushgan kimi; jo‘natma hujjatlar - imzolangan yoki tasdiqlangan kuni ro‘y- xatga olinadi. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan hujjat bir bo'linmadan boshqasiga berilganda, u qayta ro‘yxatga olinmaydi. Lekin umumiy bo‘limda (markazlashgan devonxonada) ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan hujjatlar ham bo‘ladi (1-ilovaga qarang), ular tegishli bo‘linmalarda ro‘yxatga olinadi (umumiy bo‘lim- da faqat kelgan sanasi qo'yiladi).

Olinma, jo‘natma va ichki hujjatlar alohida-alohida ro‘y- xatga olinadi. Olinma va jo‘natma hujjatlaming ro‘yxatga olinish shartli raqami ro‘yxatdan o‘tkazish tartib raqami va yig‘majildlar nomenklaturasi bo‘yicha yig'majild indeksi raqamlaridan iborat bo‘Iadi: Masalan:


449


Hujjatlar ustida ishlash tartiboti




165/03-19 Buyerda:


165 - ro‘yxatdan o‘tkazish tartib raqami
03-19 - hujjat yoki uning nusxasi tikiladigan yig'majild raqami.
Ichki hujjatlar ro‘yxatga olinayotganda, hujjat turiga qarab guruhlanadi va ularning har biri alohida qayd etiladi. Masalan, asosiy faoliyat bo‘yicha buyruqlar, shaxsiy tarkib bo'yicha buyruqlar, taftish dalolatnomasi, bayonnomalar, hisobotlar, bildirishnomalar, arizalar va h.k. Rocyxatga olinishning tartib raqami har birida alohida boMadi.
Ro‘yxalga olish indeksi yil davomida qo‘yiladi va yil boshidan qayta tartiblanadi. Hujjatning nisbatan oz yoki ko^pligiga qarab, ro4yxatga olish daftari yoki rocyxatga olish- nazorat varaqchasi qo‘llanadi.
Rocyxatga olish daftari hujjatlar soni uncha ko'p bo‘lma- gan tashkilotlarda qulaydir. Yuqorida qayd etilganidek, bunday daftarlar olinma (kirish) qayd daftari, jo‘natma (chiqish) qayd daftari, ichki hujjatlar qayd daftari tarzida alohida tutiladi. Ular- ning shakli 2-ilovada bcrildi. Ichki hujjatlar qayd daftari ichida hujjatlar turi bo‘yicha alohida qaydlov bo‘limlari bo‘ladi.
Hujjatlar qayd daftari shakli ular ijrosini nazorat qilish- da qiyinchilik tug‘diradi. Ro‘yxatga olish-nazorat varaqcha­si bu jihatdan ancha qulaydir. Bunday varaqchaning tarkibiy qismlari muayyan shaklda (3-ilovaga qarang) bosma yo‘I bi­lan kcrakli nusxada ko‘paytiriladi. Ro‘yxatga olish-nazorat varaqchasi joriy ctilganda, dcvonxonada har yilning boshida raqamlangan maxsus blanka tayyorlanadi (4-ilovaga qar?ng). Unda hujjat ro‘yxatga olinayotganda navbatdagi tartib iaqa- midan foydalanish belgilab boriladi. Varaqchaning kalendar shkalasidan hujjatlami bajarish muddatlariga rioya qilinishini tekshirish uchun foydalaniladi. Unda hujjatdagi topshiriq ba- jarilishi lozim bo‘lgan sana ko‘rsatiladi.


450



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling