Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Endi uy-joyni yoki uning bir qismini hadya qilish shartno- masiga namuna keltiramiz


Download 0.58 Mb.
bet42/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

Endi uy-joyni yoki uning bir qismini hadya qilish shartno- masiga namuna keltiramiz:
Namuna
11-ilova


UY-JOYNT HADYA QILISH SHARTNOMASI
0‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri, ikki ming o‘n to‘qqizinchi yil yigirma birinchi may kuni

Biz, Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri Mustaqillik ko‘cha- si 25-uyda yashovchi Solijon Xoliqovich Qodirov va Marg‘ilon shahri Navoiy ko‘chasi 40-uyda yashovchi Qobil Solijonovich Qodirov, ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:

  1. Men, Solijon Xoliqovich Qodirov, Marg‘ilon shahri Mustaqillik ko‘chasidagi 400 kvadrat metrli yer maydoniga joylashgan 25-raqamli uy-joyimni 0‘g‘lim Qobil Solijonovich Qodirovga hadya qildim.

Hadya qilinayotgan uy-joy yashash maydoni 72 kvadrat metr bo‘lgan 4 ta xona, 2 ta daxliz va oldi oynavand ayvonli bitta bir qavatli, pishiq g'ishtdan qurilgan uydan iborat bo‘lib, uyning


118


Shartnoma




umumiy foydali maydoni 110 kvadrat metr. Shuningdek, hovlida yozgi va qishki omborxona, hammom va hojatxona bor.


  1. Hadya qilinayotgan uy-joy Marg‘ilon shahri davlat notari­al idorasi tomonidan 1985-yilning 4-aprclida 1425 raqami bilan ro‘yxatga olinib qayd etilgan uy-joyni oldi-sotdi shartnomasi hamda Marg‘ilon shahar texnik inventarlash idorasining 1997-yil

  1. maydagi 517-raqamli ma’lumotnomasiga asosan menga, Solijon Xoliqovich Qodirovga tcgishlidir.

  1. Men, Qobil Solijonovich Qodirov, otam Solijon Xoliqovich Qodirov hadya qilgan uy-joyni minnatdorlik bilan qabul qildim.

  2. Uy-joyning inventar narxi 98800000 (to‘qson sakkiz mil­lion sakkiz yuz ming) so‘m.

  3. Ushbu shartnoma tuzilgunga qadar hadya qilinayotgan uy- joy boshqa shaxsga o‘tkazilmagan. garovga qo‘yilmagan va bu uy- joy yuzasidan hech qanday nizo va taqiqlar bo‘lmagan.

  4. 0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodcksining 488-mod- dasiga asosan fuqarolar Solijon Xoliqovich Qodirov va Zulayho Abdullayevna Qodirovalar hadya etilayotgan uy-joydan foydala­nish huquqini o‘zlarida saqlab qoladilar.

  5. 0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 185-mod- dasiga ko'ra, ushbu shartnoma tegishli texnik inventarlash idorasi- da ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab hadyani qabul qiluv- chida mulk huquqi vujudga keladi.

  6. Fuqarolik kodeksidagi tegishli moddalaming mazmuni biz- ga notarius tomonidan tushuntirib berildi.

  7. Ushbu shartnomani tuzish uchun kctadigan xarajatlami Solijon Xoliqovich Qodirov to‘laydi.

  8. Shartnoma uch nusxada tuzilib imzolandi: bir nusxasi Marg'ilon shahar davlat notarial idorasida qoldiriladi, ikkinchisi hadyani qabul qiluvchiga, у ana bir nusxasi shartnomani ro‘yxatga olgan texnik inventarlash idorasiga beriladi.


(imzo) (imzo)


S. Qodirov Q. Qodirov


(Notarial idoraning tasdiqlovchi yozuvlari va muhri)


Tashkiliy hujjatlar





Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling