Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladigan «Buyuraman» so‘zidan key in boshlana-
144
Buyruq
di. Shu so‘zdan so‘ng ikki nuqta qo'yilib, yangi satrdan far- moyishlar beriladi. Zaruriyatga qarab farmoyishlar bandlarga bo‘linib, arabcha raqamlar bilan bclgilanadi. Raqamdan so‘ng nuqta qo‘yilib, so‘z bosh harfdan boshlanadi. Farmoyishlarda, odatda, kim qanday vazifani qaysi muddatda bajarishi ko‘rsa- tiladi. Harakat majhul fe’l shaklida ifodalanadi («Amalga oshirilsin», «Ta’minlansin», «Yuklatilsin», «Hisoblansin» va h.k.). Bajaruvchilar - muassasa yoki uning tarkibiy qismlari (bo4imlari), mansabdor shaxslar (lavozimlari ko‘rsatilgan holda) ko‘pincha jo^ialish kelishigida qayd qilinadi.
Buyruqda ishning bajarilish muddati umumiy tarzda yoki har bir farmoyishda aniq ko‘rsatilishi mumkin. Buyruq imzo chekilgandan so‘ng kuchga kiradi. Lekin ayrim bandlarga oid farmoyishda kuchga kirish muddati aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
Buyruqning farmoyish qismi oxirida buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilganligi ham qayd qilib qo‘yiladi: «Buyruq ijrosini nazorat qilish (lavozimi va familiyasi to4liq yoziladi) zimmasiga yuklatilsin».
Ba’zi buyruqlarda shu buyruq munosabati bilan ilgarigi joriy yoki boshqa xil hujjat bekor qilinganligi ham ko‘rsa- tib o4iladi. Asosiy faoliyatga oid buyruq shakli namunasi
, 2-ilovalarda berildi.
Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruq yoki individual buyruqlar biror xodim ishga qabul qilinganda yoki bo‘shatilganda, boshqa boiimga o‘tkazilganda, shuningdek, muayyan xodim mukofotlanganda, mehnat ta’tiliga chiqqanda va shu kabi hollarda beriladi. Bunday buyruqlar, odatda, bo‘- limlar rahbarlari tavsiyanomasi, taqdimnoma, shaxsiy arizalar va shu kabilar asosida tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |